Rossiya «Госдума»sining kuzgi sessiyasi migratsiya sohasi haqida gap-so‘z bilan boshlandi. Xususan, «Госдума» spikeri Vyacheslav Volodin migratsiya sohasidagi qator muammolarni qonunchilik nuqtayi nazaridan ko‘rib chiqish zarurligini ta’kidlab, «migrantlar Rossiyaga madaniyatimiz va qonunlarimizni bilib, ularga hurmat bilan kelishlari kerak» deb deputatlarga murojaat qildi.
Spiker migratsiya sohasida 8 ta tashabbus ko‘rib chiqilganini va ular mintaqalarga o‘rganish uchun yuborilganini qayd etdi.
Spikerning aytishicha, avgust oyida migratsiya siyosatini kuchaytirishga qaratilgan 28 ta qonun loyihasi ko‘rib chiqilgan. Ular orasida malakasi past bo‘lgan mutaxassislarga oilalari, qarindoshlari va tanishlarini Rossiyaga olib kelishni taqiqlash, ayrim sohalarda muhojirlarning ishlashini cheklash takliflari bor.
❗️ Eslatib o‘tamiz, 2025-yilning 1- yanvaridan boshlab Moskva oblastida migrantlarga ko‘cha ovqatlari va savdo sohasida ishlash taqiqlanishi ma’lum bo‘ldi.