194 23/06/2024

Yekaterinburgda shifoxonaga tushgan bir nechta mehnat muhojirlari ularni politsiya kaltaklaganini ochiqlagan. Bu haqida “Е1.ru” nashri xabar bermoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, “спецназ” chaqiruv bo‘yicha Yekaterinburg shahrining Akademicheskiy rayonidagi Ocheretin ko‘chasiga kelgan. Guvohlardan birining so‘zlariga ko‘ra, huquq-tartibot organlari xodimlari yotoqxonaga aylantirilgan yerto‘la (podval)ga tushgan.

“Ikki kishini qo‘lga olishdi. Yana ikki kishini tez yordam mashinasida og‘ir holatda shifoxonaga olib ketishdi, bir nechta odamni turli jarohatlar bilan shifoxonaga yetkazishdi. Barcha jarohat olganlar ularni dubinka va elektroshokerlar bilan qattiq kaltaklashgani haqida shikoyat qilishmoqda”, deydi guvoh.

Guvohning so‘zlariga ko‘ra barcha jarohat olganlar O‘zbekiston fuqarolaridir. Voqea sodir bo‘lgan vaqtda yotoqxonada 20 kishi bo‘lgan.

Politsiyaning matbuot xizmati holat bo‘yicha hech qanday ma’lumotga ega emasliklarini, “Росгвардия”dagilar esa izoh bermasliklarini ma’lum qilgan.

O‘zbekistonning Yekaterinburgdagi konsulligi voqeaga qanday munosabat bildirgani, jarohat olgan o‘zbekistonliklarga qanday yordam ko‘rsatilayotgani haqida hech qanday ma’lumot yo‘q.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya