Author Archive

O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida yangi aviaqatnovlar ochilmoqda

O‘zbekistonning “Centrum Air” aviakompaniyasi Toshkent-Dushanbe-Toshkent va Samarqand-Dushanbe-Samarqand yo‘nalishlarida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘yadi. Aviakompaniya maʼlumotlariga koʻra, Toshkent-Dushanbe-Toshkent yoʻnalishi boʻyicha toʻgʻridan-toʻgʻri reyslar 2025-yilning 19-iyulidan, Samarqand-Dushanbe-Samarqand yoʻnalishi boʻyicha esa 2025-yilning 20-iyulidan boshlab har bir yoʻnalish boʻyicha haftasiga ikkitadan reyslar amalga oshiriladi. Qayd etilishicha, Toshkent-Dushanbe-Toshkent va Samarqand-Dushanbe-Samarqand yoʻnalishlari boʻyicha parvozlar Tojikiston va Oʻzbekiston...

Bastrikin muhojirlar jinoyati ortgani, Tyumen esa kamaygani haqida gapiradi

Rossiya Tergov qo‘mitasi rahbari Aleksandr Bastrikin o‘tkazgan yig‘ilishda migrantlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlarning ko‘payayotgani haqidagi ma’lumotlar e’lon qilingan edi. Tergov qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning besh oyida migrantlar ishtirokida 18 873 ta jinoyat qayd etilgan, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 10 foizga ko‘pdir. Umumiy jinoyatlar tarkibida migrantlarning ulushi 4,3...

Yil oxirigacha Hindistondan Rossiyaga 1 million ishchi kelishi kutilmoqda

Rossiyaga Hindistondan 1 millionga yaqin mehnat muhojiri olib kelinishi rejalashtirilgan. Bu haqda Ural Savdo-sanoat palatasi rahbari Andrey Besedin ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, xorijlik ishchilar, ayniqsa, Uraldagi korxonalarda mutaxassislar yetishmasligini bartaraf etishga yordam beradi. Hindistonliklardan tashqari Shri-Lanka va Shimoliy Koreya fuqarolari ham ishga taklif qilinishi mumkin. Besedinning aytishicha, Rossiya...

O‘zbekistonlik muhojirlar o‘rtasidagi mojaro qotillik bilan yakun topdi

Priozerskiy tumanida migrant uydagi janjal chog‘ida tanishini pichoqlab qo‘ygan. Voqea joyidan uchta pichoq, poyabzal izlari bo‘lgan linolyum namunalari va biomateriallar topilgan. 7-iyul kuni kechqurun Priozerskiy tumanidagi Priladojskoye qishlog‘ida qotillik sodir bo‘ldi. Og‘zaki o‘zaro janjal chog‘ida o‘zbekistonlik fuqaro o‘z hamyurtiga pichoq bilan jarohat yetkazgan. Jabrlanuvchi shifokorlar yetib kelguniga qadar voqea...

Novosibirskdagi migrant bolalarning yarmi rus tilidan imtihondan o‘ta olmadi

Novosibirskda deyarli har ikkinchi migrant bola rus tilidan majburiy imtihondan o‘ta olmadi. Bu haqda shahar ta’lim boshqarmasi boshlig‘i Ramil Axmetgareyev o‘tkazilgan yig‘ilishda ma’lum qildi. Unga ko‘ra, joriy yilda shahardagi uchta — 77, 91 va 167-maktabda birinchi sinfga bormoqchi bo‘lgan 70 nafar xorijlik bola testdan o‘tkazilgan. Ulardan 39 nafari rus...

Putin chet elliklarga Rossiya armiyasida xizmat qilishga ruxsat berdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin xorijliklarga, shu jumladan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga Rossiya armiyasida xizmat qilish uchun shartnoma tuzishga rasman ruxsat beruvchi farmonni imzoladi. Ushbu hujjat normativ-huquqiy hujjatlarning rasmiy veb-saytida e’lon qilingan. Yangi qoidalarga ko‘ra, xorij fuqarolari Rossiya Qurolli kuchlari, shuningdek, boshqa harbiy tuzilmalar bilan shartnoma imzolashi mumkin. Ushbu shartnomalar safarbarlik...

«Bepul meditsina faqat ruslar uchun»: migrantlar uchun qoidalar qattiqlashmoqda

Rossiyada tibbiy sug‘urtasi bo‘lmagan barcha migrantlar mamlakatdan chiqarib yuborilishi ko‘zda tutilgan yangi qoida joriy etilishi mumkin. Buni Davlat Dumasiga taklif qilgan Leonid Slutskiy boshchiligidagi LDPR deputatlarining fikricha, migrantlar bepul tibbiy xizmatdan foydalanmasligi kerak. Kelajakda migrantda majburiy tibbiy sug‘urta (ОМС) yoki ixtiyoriy tibbiy sug‘urta (ДМС) polisi bo‘lmasa, ular nazorat ostidagi...

«Deport» qilinayotgan migrantlarga maxsus jilet kiydirilmoqda

Nijniy Novgorod aeroportida deportatsiya qilinishi kerak bo‘lgan muhojirlar maxsus yozuvli kiyim bilan belgilana boshladi. MK nashrining xabar berishicha, deportatsiya qilinayotganlarga boshqa yo‘lovchilardan darhol ajralib turishi uchun «Podlejit vыdvoreniyu» – “Deportatsiya qilinishga majbur” yozuvi bo‘lgan yorqin jiletlar berilgan. Vataniga qaytarilayotgan muhojirlarga kiydirilgan jiletlar ularni boshqalardan ajratib turadi. Bu muhojirlar aeroportda...

O‘zbekistonda ikki kishi yollanma askarlik moddasi bo‘yicha qamaldi

O‘zbekistonda boshqa davlatda qurolli harakatlarda qatnashgan migrantlar ustidan ikkita sud jarayoni bo‘lib o‘tdi. Ikkala shaxs ham aybdor deb topilib, qamoq jazosiga hukm qilindi. A.R. ismli 32 yoshli fuqaro Buxoro viloyati Romitan tuman sudida sudlangan. U 2018-yilda Rossiyaga pul ishlash uchun ketgan. Keyinchalik u Rossiya fuqaroligini olgan, biroq O‘zbekiston fuqaroligidan...

O‘zbekiston fuqarosi Rossiyada 7 yilga qamaldi

Rossiyaning eng g‘arbiy viloyati ma’muriy markazi Kaliningrad sudi 34 yoshli O‘zbekiston fuqarosi Kallibek Yeseniyazovni yetti yilga ozodlikdan mahrum qildi. U Ukraina tomonida jang qilayotgan rossiyaliklardan tashkil topgan “Свобода России” legioniga qo‘shilish uchun Kaliningrad viloyatidan Polshaga noqonuniy o‘tishga uringanlikda ayblangan. Yeseniyozov jazo muddatining dastlabki uch yilini qamoqxonada, qolgan muddatini esa...
«Putin uchun o‘lish»: Markaziy Osiyoliklarning Rossiya armiyasidagi fojiasi

Navigatsiya