Tyumenda mushkul ahvolda qolgan o‘zbekistonlik migrantlar shaxsiy buyumlarini sotishmoqda

Qo‘shni davlatlardan kelgan muhojirlar Tyumen ko‘chalarida o‘z shaxsiy buyumlarini sotishga majbur bo‘lmoqda. Buning uchun tartibsiz bozorlar paydo bo‘lgan. Tyumenliklardan biri shunday deydi: “Biz shunday bozorni Tyumenning Salair traktida ko‘rdik. U yerda bir nechta erkak turli xil kiyim-kechak va mayda narsalarni sotar edi. Men sotuvchilardan birining qayerdan kelganini, molni qayerdan...








