Author Archive

Moskva shahrida RVPga kvota ajratish uchun arizalar 3,4,5,6 iyun kunlari qabul qilinadi

Hujjatlarni topshirish uchun 9:00 dan 17:00 gacha Saxarovodagi MMSga murojaat qilishingiz kerak. 📍 Manzil: Moskva, Varshavskoe shossesining 64-km, Voronovskoye qishlog’i 1, 47-bino, 1A-sonli kirish. U yerga Lesoparkovaya metro bekatidan MS1 avtobusi yoki Prokshino metro bekatidan MS2 avtobusida borish mumkin. Kvotaga ariza topshirish uchun MMSga kelib, talon olib, navbat kutish...

Krasnoyarskda reyd davomida migrantlarga 200 ming rublga yaqin jarima solindi

20-24-may kunlari Krasnoyarskda o‘tkazilgan migratsiya reydlari davomida politsiya 118 ta qonunbuzarlik holatini aniqladi. Tezkor xodimlar tomonidan 47 ta xorijiy fuqarolarning yashash va ish joylari, umumiy ovqatlanish shoxobchalari, uchta yo‘lovchi avtobusi va 1328 ta yengil yengil avtomobillar ham tekshirilgan. Muhojirlarning hujjatlarini tekshirish natijasida quyidagilar aniqlandi: 67 ta Rossiyaga kirish qoidalarini...

Rossiyada deport qilinganlar, fuqaroligidan mahrum qilinganlar ko‘paydi

Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirligining tahliliy hisobotiga ko‘ra, 2024-yilning dastlabki uch oyida 22 mingga yaqin chet el fuqarosi Rossiyadan chiqarib yuborilgan, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan qariyb ikki barobar ko‘pdir. 6,8 mingdan ortiq xorijlik maxsus muassasalarda saqlangan holda Rossiyadan deport bo’lishini kutmoqda, bu ham o‘tgan yilga nisbatan ikki...

Sababsiz deportatsiya: Beknazar Rahmatovga Istanbuldagi Bosh konsulxona ham yordam bera olmadi

Turkiyada 4 yildan buyon ishlash ruxsatnomasi bilan yashaganiga qaramay, 28-may kuni Toshkentdan Istanbulga uchib kelgan bloger Beknazar Rahmatov maxsus xizmat vakillari tomonidan olib ketilgan.  Qizig‘i, butun boshli samolyotdan faqat Beknazar Rahmatovgina turk chegarachilarining nazariga tushgan. Beknazar O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulligi ham qo‘lidan kelgancha yordam berishga harakat qilgani, biroq oxir...

Imtihonni kutgan migrantlar tunni ko‘chada o‘tkazishga majbur bo‘lmoqda

Voronejda o‘nlab muhojirlar tunni mahalliy davlat universiteti devorlari yonida o‘tkazmoqda. “Vesti Voronej” telekompaniyasining xabar berishicha, migrantlar rus tili va tarixi bo‘yicha test topshirish navbatini o‘tkazib yubormaslik uchun shunday qilishga majbur bo‘lishmoqda. Xususiy tashkilotlarga chet elliklarni imtihon qilish taqiqlanganidan keyin Voronej universiteti yagona test markazi bo‘lib qoldi. Imtihon natijalarisiz patent...

✔️SNILSni МФЦ «Мои документы»’da rasmiylashtirish imkoniyati tiklandi

Ma’lum muddat SNILSni “Moi dokumenti” (МФЦ «Мои документы») markazida olib bo‘lmayotgandi. SNILS rasmiylashtirish uchun kelgan muhojirlar “baza ishlamayapti” deb qaytarib yuborilayotgandi. Hozir SNILS yana berilmoqda. Bemalol pasportingiz, pasportning notarial tarjimasi bilan SNILS olish uchun o‘zingizga yaqin “Moi dokumenti”ga (МФЦ «Мои документы»)borishingiz mumkin. ✅SNILS bepul beriladi. 🔸SNILS – shaxsning Rossiya...

Putin migrantlarga “munosib mehnat sharoitlari”ni va’da qildi

Vladimir Putin O‘zbekistonga tashrifida mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish niyatlarini aytdi. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan muzokaradan so‘ng Putin Moskva muhojirlar uchun munosib mehnat sharoitlarini ta’minlash uchun barcha zarur choralarni ko‘rayotganini ma’lum qildi.  Rossiya prezidenti lavozimiga kirishganidan beri Putin uni qonuniy davlat rahbari sifatida tan olgan davlatlar bilan...

Oilasini saqlab qolmoqchi bo‘lgan er… xotinini o‘ldirdi

Moskva yaqinidagi kafe yaqinidagi avtoturargohda xotinini bosib ketgan erkak oilasini saqlab qolmoqchi bo‘lganini aytgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, u xotinini yaxshi ko’rgan, lekin ayol undan ajrashishni istagan. Ularning egizak oʻgʻillari ayni paytda ota-onasi bilan Oʻzbekistonda. Erkak ham qilgan ishidan juda pushaymon ekanini aytgan. Eslatib o‘tamiz, 26 may kuni Minsk shossesidagi...

Kotelnikida masjidda yana reyddan so‘ng migrantlar “voyenkomat”ga olib ketildi

Barcha erkaklar, yoshidan qat’i nazar, binodan tashqariga chiqarildi. Voqea guvohlarining so‘zlariga ko‘ra, harbiy xizmatga chaqirilishi mumkin bo‘lgan fuqarolar 5 ta avtobusda Oktyabr prospektidagi “voyenkomat”ga olib ketilgan. “Ular Rossiya pasportiga ega bo‘lgan va harbiy ro‘yxatga olinmagan barcha muhojirlarni, Moskvadan chaqiriluvchilarni va boshqa viloyatlardan kelganlarni olib ketishdi. Harbiy yoshdagi erkaklar uchun...

Migrantlar metroga tushib ketgan rossiyalikni qutqardi

Moskva metropolitenining Aviamotornaya bekatida bir rossiyalik fuqaro metro yo‘liga tushib ketgan. Relslarga yiqilgan kishini ko‘rgan to‘rt nafar markaziy osiyoliklar darhol uni qutqarishga kirishgan. Markaziy osiyolik migrantlar yiqilgan odamni qutqarib, metro yo‘lidan olib chiqishgan va shu orqali metro harakati tez orada tiklanishiga hissa qo‘shishgan. Biroq “noma’lum sabablar”ga ko‘ra, muhojirlarning qahramonligi...
«Putin uchun o‘lish»: Markaziy Osiyoliklarning Rossiya armiyasidagi fojiasi

Navigatsiya