
Rossiyaga işlaş uçun borgan ayrim Qozoğiston fuqarolari Rossiya Mudofaa vazirligi bilan harbiy kontrakt imzolaşga aldanib yoki bosim ostida majbur qilingani haqida xabarlar tarqalmoqda. Ayrim holatlarda ularga Rossiyada qöriqçi bölib işlaş vaʼda qilingani, keyin esa frontga yuborilgani aytilmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolardan birida 19 yoşli Qaysar Almaz ismli qozoğistonlik yigit Rossiyaga işlaş maqsadida kelganini, ammo keyin Rossiya Mudofaa vazirligi bilan harbiy kontrakt imzolaşga majbur qilinganini aytgan.
Uning sözlariga köra, uning atrofida bölgan taxminan 15 nafar qozoğistonlikdan hozir 10 nafari tirik qolgan.
Şunga öxşaş holatlardan biri Şimkent şahrida yaşovçi Aynabek Keldibek bilan boğliq. Uning qarindoşlarining aytişiça, unga maktab yoki bolalar boğçasida qöriqçi bölib işlaş taklif qilingan.
Biroq rus tilini yaxşi bilmagani sababli u hujjatlarda nima yozilganini töliq tuşuna olmagan. Qarindoşlarining maʼlum qilişiça, kontrakt imzolanganidan keyin unga va boşqa muhojirlarga uruşga boriş yoki 15 yil qamoq degan talab qöyilgan.
Aynabek qörqib, talabga böysunganini aytgan. Hozir u yaqinlari bilan muntazam telefon orqali boğlanib, yordam sörayotgani haqida xabar berilgan.
Yana bir holat Jusip Şaxnazar Yerbatuli bilan röy bergan. Ijtimoiy tarmoqlardagi maʼlumotlarga köra, u Rossiyaga vaxta usulida işlaş uçun borgan. Keyin esa unga bosim ötkazilib, harbiy kontrakt imzolatilgan va janglar bölayotgan hududga yuborilgan.
Qozoğiston TIV Rossiya tomoni bilan muzokara olib bormoqda
Qozoğiston Taşqi işlar vazirligi 2-oktyabr kuni Rossiya tomoni bilan uşbu fuqarolarni Qozoğistonga qaytariş masalasida muzokaralar olib borilayotganini maʼlum qilgan.
Qozoğiston taşqi işlar vaziri Rossiyaning Qozoğistondagi vaqtinçalik işlar vakili bilan uçraşgan. Şuningdek, Qozoğistonning Rossiyadagi elçisi Rossiya TIVi hamda Mudofaa vazirligi rahbariyati bilan uçraşişi rejalaştirilgan.
Qozoğiston tomonidan jabrlanganlarning qarindoşlariga maxsus işonç telefoni orqali murojaat qiliş tavsiya etilgan.
Fuqaroni izlaş va uning qaytarilişiga yordam beriş uçun uning ismi-şarifi, tuğilgan sanasi, ehtimoliy joylaşuvi hamda harbiy kontrakt bilan boğliq maʼlumotlar taqdim etilişi söralmoqda.