Ikki marta qoida buzgan migrant deportatsiya qilinishi mumkin

Huquqshunos Aleksandr Xaminskiy “Gazeta.Ru”ga bergan intervyusida migrant bir yil ichida ikkita ma’muriy qoidabuzarlik uchun ham Rossiyadan deportatsiya qilinishi va besh yilgacha mamlakatga kirishi taqiqlanishi mumkinligini aytadi. Bu Rossiyada bo‘lish qoidalariga ham, yo‘l harakati qoidalarini buzishga ham tegishli. Huquqshunosning aytishicha, 2024-yilda jinoiy javobgarlikka tortilganlarni majburiy deportatsiya qilish to‘g‘risidagi qonun loyihasi...

Yugra politsiyasi muhojirlar jinoyati ko‘paygani haqidagi ma’lumotlarni rad etdi

Avvalroq «Справедливая Россия — Патриоты — За правду» partiyasi rahbari Sergey Mironov 2025-yilning yetti oyida Xanti-Mansiysk avtonom okrugida muhojirlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar soni 150 foizga oshganini ma’lum qilgandi. U, shuningdek, mintaqada to‘g‘ridan-to‘g‘ri president boshqaruvini joriy etish haqida ham gapirdi. Biroq mintaqa Ichki ishlar vazirligi boshqa ma’lumotlarni ma’lum qildi....

Janjalni jurnalist ayol boshladi, migrant esa qamaldi

Moskvada tojikistonlik fuqaro bezorilik va mulkka zarar yetkazgani uchun 2,5 yilga umumiy rejimdagi koloniyaga hukm qilindi. Voqea 2025-yil 31-mart kuni migrant va oilasi fotojurnalist Natalya Medvedeva bilan birga ketgan poyezdda sodir bo‘lgan edi. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, fotograf ayol ayblanuvchining ayolini roziligisiz suratga olgan. Bundan tashqari, guvohlarning ta’kidlashicha, Medvedeva ayolning...

Migrantlarga qonuniylashtirish muddatining oxirgi kuni eslatildi

Migrantlar 11-sentabrgacha Rossiyada bo‘lish asoslarini tasdiqlashlari kerak.Bu haqda Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirligi ma’lum qildi. “Mamlakatda boʻlish uchun qonuniy asoslarini yoʻqotgan xorijlik fuqarolarga ularning huquqiy holatini tartibga solish imkoniyati tugashiga bir hafta qoldi… 2025-yil 11-sentabrdan boshlab huquqiy maqomni tartibga solishning iloji boʻlmaydi”, — deyiladi vazirlik xabarida. Agar migrant belgilangan...

Xabarovskda migrantlar ish faoliyatiga qo‘yilgan cheklovlar uzaytirildi

Xabarovsk o‘lkasi gubernatori Dmitriy Demeshin 2026-yilda ayrim iqtisodiy sohalarda chet el fuqarolarini ishga jalb qilishni taqiqlovchi qarorni imzoladi. Shu tariqa, hududda elektr, gaz va suv ta’minoti xizmatlari ko‘rsatadigan korxonalarda, transport sohasida hamda uy xo‘jaligida migrantlar mehnatiga cheklovlar saqlanib qoldi. Qaror komissiya ishlari yakunlari asosida qabul qilingan. «2025-yil tajribasi shuni...

Rus millatchisining haqoratiga Tashqi ishlar vazirligi nima deydi?

Avvalroq Moskva yaqinida joylashgan Ximki shahrida mahalliy fuqaro asli o‘zbekistonlik muhojir yigit bilan janjallashgani va uni «Sen qulsan, ruslarning qulisan! Og‘zingni ochma! O‘zbekistonda hech narsa yo‘q, shuning uchun bizga kelgansan. Sen o‘z uyingda emassan, ishlashga kelgansan, ishingni qil!», deya haqorat qilganini xabar qilgan edik. Keyinroq o‘zbekistonlik yigit voqeaga izoh...

Agar migrant kasalxonada yoki mehmonxonada bo’lsa, joylashuvi haqida xabar beradimi?

1-sentabr kuni Moskvada migrantlar uchun yangi dastur ishga tushiriladi. Migrantlar oʻzlarining joylashuv maʼlumotlarini ilova orqali uzatishi majburiy bo‘ladi. Ammo migrant kasalxonaga yotqizilgan bo’lsa nima bo’ladi? Moskva viloyatidagi eksperiment doirasida kasalxonaga yotqizilgan yoki mehmonxonada yashayotgan migrantlar ilova orqali joylashuvi haqida xabar bermaydi, deb xabar bergan migratsiya xizmati. «Mehmonxonalar, sanatoriylar va...

Rossiyadagi hind migrantlar ham sudlana boshladi

Rossiya Federatsiyasining Tula viloyati bo‘yicha Tergov qo‘mitasi ijtimoiy tarmoqlarda Kosaya Gora qishlog‘idagi yodgorlik majmuasi hududida xorijliklar beysbol o‘ynayotgani aks etgan video paydo bo‘lganidan keyin tergov boshladi. “Ommaviy axborot vositalari monitoringi chog‘ida Kosaya Gora qishlog‘idagi yodgorlik majmuasi hududida xorijliklar beysbol (yoki kriket) o‘ynayotgani haqida xabar topildi”, — deyiladi qo‘mita xabarida....

Yekaterinburgda FSB xodimiga pora bermoqchi bo‘lgan migrant qamaldi

Yekaterinburgda soxta migratsiya hujjatlarini olish uchun FSB xodimiga pora berishga uringan migrant sudlandi. 120 ming rubl pora bermoqchi bo‘lgan erkak umumiy rejimdagi koloniyada to’rt yil qamoq jazosini oldi, deb xabar berdi УФСБ’ning Sverdlovsk viloyati bo’yicha matbuot xizmati. Bundan tashqari, sud 600 ming rubl miqdorida jarima soldi – bu taklif...

AQShda yo‘lovchini kaltaklagan rossiyalik muhojir hibsga olindi

Hodisa aprel oyida Janubiy Karolina shtatining Charleston shahridagi restoran avtoturargohida sodir bo’lgan. TC BioPharm bosh direktori Brayan Kobel Uber taksisiga qo‘ng‘iroq qilgan. Biroq haydovchi xizmat itini mashinaga chiqarishdan bosh tortgan. Og‘zaki janjaldan keyin haydovchi mashinadan tushib, yo‘lovchini boshi va mushti bilan urgan. Charleston okrugi sherif boshqarmasi maʼlumotlariga koʻra, haydovchi...
«Putin uchun o‘lish»: Markaziy Osiyoliklarning Rossiya armiyasidagi fojiasi

Navigatsiya