Туркум: Россия хабарлари

Alisher Qosimov terrorchilarga kvartirani ijaraga berganlikda ayblanib, hibsga olindi

«Mening o‘g‘lim terrorchi emas». Qirg‘izistonlik 32 yoshli Alisher Qosimov ham terakt qatnashchilaridan biriga ijaraga uy berganligi uchun hibsga olingan. Sud uni 22-maygacha qamoq jazosiga hukm qildi. Alisher terrorchilar rejasidan xabari bo‘lmagani, uyni “Avito” orqali ijaraga berganini aytmoqda. Uning onasi o‘g‘lining terrorchi emasligini, yoshligidan mehnat bilan ulg‘ayganini aytib yig‘lagan. Uning...

«Krokus»dagi terakt Rossiya va Tojikiston munosabatlariga ta’sir qiladimi?

Vladimir Putin o‘z bayonotida terrorchilarning “fuqaroligi yo‘q va bo‘lishi ham mumkin emas”ligini ta’kidlab, hibsga olinganlar Tojikiston fuqarolari ekani haqidagi xabarga aniq munosabat bildirdi. Bundan Rossiya o’zining kam sonli ittifoqchilaridan biriga qarshi har qanday sanktsiyalarni kiritish ehtimoli juda pastligini taxmin qilish mumkin. Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon allaqachon Putin bilan vaziyatni...

REYDLAR QACHON TUGAYDI?

22-mart kuni “Krokus Siti Xoll”dagi teraktdan so‘ng Rossiya bo‘ylab migrantlarga qattiq reydlar o‘tkazilmoqda. Reydlarda barcha migrantlar tekshirilayapti. Lekin aynan Tojikiston fuqarolariga o‘zgacha sinchkovlik bilan tekshiruvlar olib borilyapti. AQSH elchixonasi takroran o‘z fuqarolariga Rossiyani tark etishni so‘rab murojaat qildi. «AQSH fuqarolari Rossiyaga kelishlari kerak emas. Rossiyada yashaydigan yoki sayohat qilayotgan...

Gosdumaning qrimlik deputati Ukrainada Rossiyaning harbiy operatsiyasi davom etayotgan bir vaqtda migrantlar uchun Rossiyaga kelishni taqiqlash taklifi bilan chiqdi

Mixail Sheremet RIA Novostiga bayon qilishicha «chegadaradan o‘tishi bilan xorijliklar avvalambor o‘zlari uchun tahdidga aylanishmoqda, chunki xorij maxsus xizmatlari ulardan Rossiyada terror sodir etish uchun sharoit yaratishda foydalanishmoqda”. Sheremet xorijliklarga hurmat bilan munosabatda bo‘lishini, biroq ularning ayrimlaridan rossiyaliklarga zarar yetkazish uchun foydalanishayotganini ta’kidlagan. «Bizda hozir, afsuski, odamlarning Rossiyaga kelishdan...

«Crocus City Hall»dagi terakt razvedka xizmatlarining muvaffaqiyatsizligimi?

Bunday hujumlarning oldini olish mumkinmi? Soqchilar hujumchilarni to‘xtata olarmidi? Bu savollarga ko‘p yillardan beri Rossiya xavfsizlik kuchlarini o‘rgangan sotsiolog Kirill Titayev javob beradi. «Krokus Citi Xoll»dagi otishmaning ertasiga FSB 11 gumonlanuvchini, jumladan, teraktni sodir etganlikda gumon qilingan to‘rt kishini qo‘lga olganini ma’lum qildi. Rasman, FSB Rossiyada terrorizmga qarshi kurash...

Krokusdagi fojia Rossiyadagi eng yirik teraktlardan biri hisoblanadi.

Xronologiya: ▪️1995-yil 14-iyun kuni Shamil Basayev boshchiligidagi jangarilar Budennovsk (Stavropol o‘lkasi)ning 1586 nafar aholisini garovga olib, shahar kasalxonasi binosida ushlab turishgan. Halok bo‘lganlar – 129, yaralanganlar – 317. ▪️1996-yil 16-noyabrda Kaspiyskda (Dogʻiston) terrorchilar chegarachilarning oilalari istiqomat qilgan toʻqqiz qavatli turar-joy binosini portlatib yuborishdi. Halok bo‘lganlar – 68. ▪️1999-yil 19-martda...

Peterburgda ikki o‘quvchi bir erkakni urib o‘ldirishdi

Ikki maktab o‘quvchisi peterburglik erkakni kaltaklab, o‘ldirib qo‘yishdi. “Fontanka” nashri bezorilardan biri O‘zbekiston fuqarosi ekanligini iddao qilgan. Peterburg markazida ertalab soat 6 da sayr qilayotgan 48 yoshli erkakni ikki notanish yigit kaltaklagan. Peterburgning San-Galli bog‘ida sayr qilayotgan erkak shoshilinch xizmatni chaqirishga ulgurgan. Voqea joyiga yetib kelgan politsiya erkakning joni...

Moskvada SSKA “Bunyodkor”ga qarshi o‘ynaydi

SSKA futbol klubi va O‘zbekistonning “Bunyodkor” jamoasi o‘rtasida o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Shu munosabat bilan Rossiya klubi Moskvadagi o‘zbekistonliklarni qiziqarli futbol o‘yinini tomosha qilish uchun taklif etmoqda. “Biz ikki do‘st mamlakat muxlislarini birlashtirib, “Bunyodkor” va SSKA PFK jamoalarini qo‘llab-quvvatlashda unutilmas muhit yaratmoqchimiz”, deyiladi armiyachi klub taklifida. O‘yin “VEB Arena”...

Maoshini ololmagan muhojirlar ish beruvchini sudga berdi

Oltmishdan ortiq Markaziy Osiyolik migrantlar Rossiya tarixidagi ish haqini olish uchun eng yirik ommaviy da’vo arizasi yozishdi. Muhojirlar Tergov qo‘mitasiga, sudga, prokuraturaga, mehnat inspeksiyasi va Rossiya Mehnat vazirligiga shikoyat arizasi bilan murojaat qilgan. Da’vogarlar Moskvaning Konkovo tumanidagi fitnes klubda ishlashgan. Biroq va’da qilingan kunlik to‘lovlarni bir necha oydan buyon...

O‘zbekistonlik qizaloqni Rossiyadan qaytarish choralari ko‘rilmoqda

Toshkent shahrida yashovchi ayol ikki yoshli nabirasini Rossiyadan olib kelishda yordam so‘rab, bolalar ombudsmani Surayyo Rahmonovaga murojaat qildi. Aniqlanishicha, ona qizini enagaga qoldirib, olib ketish uchun qaytib kelmaganidan so‘ng enaga politsiyaga murojaat qilgan. Politsiya Bolani Rossiyaning Moskva viloyati Lyubersi shahridagi vasiylik organiga joylashtirgan va bola bir oydan buyon u...
Эрининг ўчини боласидан олаётган аёллар

Навигация