Turkum: Ўзбекистон хабарлари

Endi migrant bolalarning ta’lim olishi ham nazorat qilinadi

Rossiyada yangi qoidalar tayyorlanmoqda: Ichki ishlar vazirligi maktabda o‘qimayotgan yoki rus tilidan majburiy imtihondan o‘ta olmagan chet ellik bolalar haqida ma’lumot olishni boshlaydi. Ma’lumotlar «Моя школа», Migratsion qayd, ЕПГУ va boshqa ma’lumotlar bazalaridan to‘planadi. Bunda Ta’lim vazirligi, Raqamli rivojlanish vazirligi, Rosobrnadzor va mintaqaviy hokimiyatlar ishtirok etmoqda. Davlat Dumasi 2025-yilning...

Behzod Musayev Toshkentda migrantlar uchun tayyorgarlik markazi ochishni taklif qildi

Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Milliy markazida “MDH yagona mehnat bozorini shakllantirish doirasida migratsiya siyosatini takomillashtirish” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Tadbir Rossiya Prezidenti maslahatchisi, Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish va inson huquqlari bo‘yicha kengash raisi Valeriy Fadeyev boshchiligidagi delegatsiya tashrifi doirasida tashkil etildi. Davra suhbati Milliy markaz tomonidan Tashqi ishlar vazirligi, Migratsiya...

O‘zbekiston Bosh konsulligi Novosibirskdagi hodisani nazoratga oldi

2025-yilning 30-sentyabr kuni Novosibirskning Lenin ko‘chasida bir guruh o‘smirlar ko‘rinishidan osiyolik voyaga yetmagan bolaga hujum qilib, millati yuzasidan haqorat qilgan. Jabrlanuvchi majburan tiz cho‘ktirilib, millati uchun kechirim so‘rashga majbur etilgan. Rossiya Ichki ishlar vazirligining Novosibirsk viloyati bo‘yicha bosh boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda hodisaga aloqador shaxslarning shaxsini, shuningdek, jabrlanuvchining millati...

Moskvada itxonadagi yong‘inda migrant gumonlanmoqda

Moskvaning Zorge ko‘chasida joylashgan itlar boshpanasida yong‘in chiqib, kamida 13 hayvon nobud bo‘ldi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘inga boshpanadagi mehnat muhojirining ehtiyotsizligi sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Volontyor Viktoriyaning tushuntirishicha, hayvonlarga o‘zbekistonlik migrantlar qaragan, lekin ular bo‘sh vaqtlarida spirtli ichimliklar ichgan. Voqea sodir bo‘lgan kuni ham ziyofat bo‘lgan va erkaklardan biri...

Migrantlar salomatligi qancha turadi?

Rossiya muhojirlar uchun tibbiy sug‘urta qoidalarini kuchaytirmoqda. Hozirda chet elliklar majburiy tibbiy sug‘urtani uch yillik qonuniy badallardan so‘ng oladi, biroq Sog‘liqni saqlash vazirligi bu muddatni besh yilgacha oshirmoqchi. Parlament hisob-kitoblariga ko‘ra, muhojirlarning davolanishi rossiyaliklarga har yili 12 milliard rublga tushar ekan. Bunga javoban Davlat Dumasi majburiy yoki ixtiyoriy tibbiy...

Yugradan 244 nafar noqonuniy migrant deportatsiya qilindi

Xanti-Mansi avtonom okrugida Rossiyaning migratsiya qonunchiligini buzgan 244 nafar chet el fuqarosi deportatsiya qilindi. Deportatsiya qilinganlar asosan O‘zbekiston (82), Tojikiston (63) va Ozarbayjon (40) fuqarolari bo‘lgan. Qonunbuzarlar roʻyxatida Qirgʻiziston, Kamerun, Kuba va Xitoy fuqarolari ham bor. Sud maʼlumotlariga koʻra, muhojirlarning aksariyati Rossiyada qonuniy asoslarsiz pul ishlash maqsadida boʻlgan. Ularning...

Tataristonda migrantlar uchun patent narxi oshadi

2026-yildan boshlab Tataristonda chet el fuqarolari uchun ishlash uchun ruxsatnoma narxi 8 foizga oshib, 7900 rublga yetadi. Chet ellik ishchilar uchun jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i (НДФЛ) bo‘yicha qat’iy belgilangan avans to‘lovlarining hududiy koeffisiyenti 2,55 etib belgilandi. Ushbu koeffisiyent ruxsatnomaning yakuniy narxini belgilaydi. Natijada joriy yilga nisbatan summa 622,6...

«Xorijga chiqishdan oldin o‘sha davlatning tilini, urf-odatlarini, qonun-qoidalarini bilish lozim» – Munira Nizamova

TIV Konsullik-huquqiy departamenti Fuqarolik, legalizatsiya va boshqa konsullik harakatlari masalalari boshqarmasi boshlig‘i Munira Nizamova “Dunyo” AAga bergan intervyusida migratsiya, vatandoshlarimizning boshqa yurtlarda o‘zini tutishi, shuningdek muhojirlar orasidagi jinoyatchilik va boshqa savollarga batafsil javob berdi. –  Xorijdagi fuqarolarimizning xatti-harakatlari yurtimizning umumiy qiyofasiga qanday ta’sir ko‘rsatadi? –  Ha, albatta, fuqarolarimizning o‘qish,...

Vorkuta va Uxtada Misr va o‘zbekistonlik noqonuniy migrantlar qo‘lga tushdi

O‘tgan hafta Komi Respublikasi Ichki ishlar vazirligi xodimlari Rossiya migratsiya qoidalarini buzgan xorijliklarni topib, ularga 15 ta ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi. Vorkuta va Uxtada Misr va O‘zbekiston fuqarolari Komida noqonuniy ravishda bo‘lganligi aniqlandi. Ularga nisbatan Rossiya Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 18.8-moddasi bo‘yicha bayonnomalar tuzildi. Qoidabuzarlar jarimaga tortildi va Rossiyadan chiqarib...

«Jaloliddin Ahmadaliyev konserti shahar hokimyati bilan kelishilmagan»

Ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘lgan Krasnoyarskdagi tadbir chog‘ida o‘tkazilgan reyd xususida O‘zbekiston Respublikasining Novosibirsk shahridagi Bosh konsulxonasi munosabat bildirdi. Konsulxona vaziyatga batafsil sharh berar ekan, mazkur konsert Krasnoyarsk o‘lkasining tegishli tashkilot va idoralari bilan belgilangan tartibda kelishilmaganini ma’lum qildi. «Krasnoyarsk o‘lkasining vakolatli idoralari ma’lumotiga ko‘ra, tekshiruv davomida O‘zbekiston Respublikasining 8...
«Putin uchun o‘lish»: Markaziy Osiyoliklarning Rossiya armiyasidagi fojiasi

Navigatsiya