Migrant hamyurtini armatura bilan urib o‘ldirdi

Leningrad viloyati Vsevolojsk yaqinida o‘zbekistonlik migrant onasini haqorat qilgan hamyurtini metall armatura bilan o‘ldirdi, deb xabar bermoqda 47news portali. Nashrning yozishicha, janjallashganlar bir-birlarini bolalikdan bilishgan. 41 yoshli jabrlanuvchi o‘zining 46 yoshli sherigining onasi haqida haqoratomuz so‘zlarni aytgan. Gumonlanuvchi bunga toqat qilmay, uni kaltaklagan, jumladan, armatura bilan urgan. Mintaqa Tergov...








