Turkum: Жаҳон хабарлари

AQShda muhojir trak haydovchilar ishsiz qolishi mumkin

AQShda tijoriy haydovchilik guvohnomalarini (CDL) berishning yangi qoidalari yillar davomida yuk mashinalari haydovchisi sifatida tirikchilik qilib kelayotgan minglab markaziy osiyolik muhojirlarning tirikchiligini xavf ostiga qo‘ydi. Immigratsiya siyosati, reydlar va ommaviy tekshiruvlardan so‘ng ularning hayoti og‘ir sinovga aylandi. Uch yil avval Meksika orqali AQShga kelgan o‘zbekistonlik Yusufning aytishicha, ingliz tilini...

Irlandiyada migrant jinoyati haqidagi mish-mishlar tufayli ommaviy tartibsizliklar boshlandi

Irlandiya poytaxti Dublinda ikki kechadan buyon ommaviy tartibsizliklar davom etdi. Irlandiya matbuotiga ko‘ra, 1000 ga yaqin kishi vaqtincha boshpana izlovchilar joylashgan Citywest mehmonxonasi oldida to‘plangan. Odamlar baqirib, politsiyachilarga petarda va shishalar otmoqda, bir politsiya mashinasi yoqib yuborildi. Olomonni tarqatish uchun politsiya ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz va suv purkagichlardan foydalangan....

Moskvada uch ming migrantni qonuniylashtirgan jinoiy kanal fosh etildi

Moskva politsiyasi uch ming nafar xorijliklarning noqonuniy migratsiyasini qonuniylashtirishgan besh kishini hibsga oldi. Ularning sharlar bilan bezatilgan kabineti videoga olingan. Kadrlarni Rossiya Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Irina Volk o‘zining Telegram’dagi kanalida e’lon qildi. Kadrlarda maxsus kuchlar gumondorlarni, shuningdek, noqonuniy muhojirlar va ularning Rossiyadagi yashash joylarini ko‘rish mumkin. Jinoiy...

Politsiya bilan “kelishishga” uringan migrant qamoqqa tushdi

Garchi pora berishga urinish juda ayanchli tugashi mumkinligi haqida ko’p marta yozilgan bo’lsa-da ba’zi muhojirlar tavakkal qilib, muammoni pul bilan “hal qilishga” urinishda davom etmoqda. Bunday harakatlarning natijasi bir xil: jinoiy javobgarlik va qamoq. Shunga o‘xshash voqea Primorsk o’lkasida sodir bo’ldi. 29 yoshli muhojir deportatsiya qilinmaslik umidida migratsiya xizmati...

Moskva iqtisodiyotining 25 foizi migrantlar zimmasida

Moskva Yevropaning eng yirik shaharlaridan biri bo‘lib, iqtisodiyotining muhim qismi mehnat muhojirlariga tayanadi. Oliy Iqtisodiyot maktabi tadqiqotiga ko‘ra, chet ellik ishchilar har yili poytaxt yalpi hududiy mahsulotining to‘rtdan bir qismigacha ishlab chiqaradi. Demak, Moskva iqtisodidagi har to‘rtinchi rubl muhojirlar evaziga ishlab topilmoqda. Hozirgi vaqtda Moskva va viloyatida 1,8 millionga...

Ukrainaga urushga borgan o‘zbekistonlik 5 yilga qamaldi

Toshkent viloyati sudi 1981 yilda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosini Rossiya qurolli kuchlari safiga yollanib, Ukrainadagi urushda ishtirok etgani uchun aybdor deb topdi. Sud qaroriga ko‘ra, u O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 154-moddasi 1-qismi («Chet davlatlarning harbiy xizmatiga, xavfsizlik, politsiya, harbiy adliya organlari yoki shunga oʻxshash boshqa organlariga xizmatga kirish, yollanish») bo‘yicha...

Patentsiz migrantlar jarimaga tortildi, o‘zbekistonlik ayol “deport” bo‘ldi

Migratsiya politsiyasi Vladivostokning Borisenko ko‘chasida joylashgan xitoy restoranida tekshiruv o‘tkazdi. Reyd davomida uch nafar xodim — menejer, oshpaz va yana bir kishi xorijlik bo‘lib, Rossiyada ishlash uchun ruxsatnoma yoki ishlash ruxsatnomasiga ega emasligi aniqlangan. Shu sababdan ularning hammasi jarimaga tortilgan. Bundan tashqari, ulardan biri o‘zbekistonlik ayol mamlakatdan deportatsiya qilingan....

“Nelegal-2025” operatsiyasi doirasida 30 dan ortiq muhojir mamlakatdan chiqarib yuborildi

Oltoy o‘lkasi politsiyasi noqonuniy migratsiyaga chek qo‘yish maqsadida reyd o‘tkazdi. “Nelegal-2025” operatsiyasi doirasida 100 ga yaqin xorijlik tekshiruvdan o‘tkazildi, deb xabar bermoqda Rossiya IIV matbuot xizmati. Kulunda tumanida vaxtaga qatnovchi olti avtobus ko‘rikdan o‘tkazildi. Yo‘lovchilar orasida politsiya Rossiyada noqonuniy yashayotgan 33 nafar muhojirni aniqladi. Huquqbuzarlarga nisbatan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi....

Politsiyaga migrantlarni topishda kvadrokopter yordam berdi

Saratovda politsiya qurilish maydonchasida reyd o‘tkazib, ruxsatnomasiz ishlayotgan turkmanistonlik muhojirlarni qo‘lga oldi. Hodisa Solnechniy-2 mavzesidagi qurilish maydonchasida sodir bo‘lgan. Polisiya kvadrokopteri besh kishining qochib, podvalda yashiringanini videoga oldi. Tez orada ularning barchasi topilib, olib chiqildi. Aniqlanishicha, qo‘lga olingan xorijliklar Rossiyaga sayyoh sifatida kelgan, lekin aslida qurilish ishlari bilan shug‘ullangan....

“O‘zbekistonga qaytishni xohlayman” – jang maydoniga tushib qolgan muhojir

Alisher (ismi o‘zgartirilgan) bir necha yil Rossiyada ishlab yurgan. U ish topish uchun ketgan edi, ammo urush maydoniga tushib qoldi. Uzdiplomat.uz portaliga murojaat qilgan o‘zbekistonlik fuqaro Donesk atrofidagi urushda ko‘plab Markaziy Osiyo respublikalaridan borgan migrantlar, jumladan, o‘zbekistonliklar qiyin ahvolda qolganini aytadi. “Men hozir Doneskdaman. Menda hech qanday hujjat, hech...
«Putin uchun o‘lish»: Markaziy Osiyoliklarning Rossiya armiyasidagi fojiasi

Navigatsiya