Turkum: Жаҳон хабарлари

Biometrik ma’lumotlar nima? U qanday tartibda olinadi?

2024-yil 1-dekabrdan Rossiyada migrantlardan biometrik ma’lumotlar yig‘ish boshlandi. Hozircha biometrik ma’lumotlar faqat Moskva aeroportlariga uchib kelayotgan va Orenburg viloyatidagi chegara punkti orqali Rossiyaga kelayotgan muhojirlardan olinmoqda. Quyida ushbu jarayon va uning qanday tashkil qilingani haqida asosiy savollarga javob beramiz. Biometrik ma’lumotlar nima? Bu barmoq izlari va yuzni rasmga olishdir....

Rossiyalik siyosatchi migrantlarning bir joyda yashashiga qarshi chiqmoqda

Rossiyaga migrantlarni qabul qilish va fuqarolik berish qoidalari yanada qattiqroq bo‘lishi kerak. Bu haqda Prezident huzuridagi Fuqarolik jamiyati va inson huquqlarini rivojlantirish kengashi (SPCH) rahbari Valeriy Fadeyev bayonot berdi. U Rossiya shaharlarida migrantlar kompakt yashovchi o‘z «qishloq»larini paydo qilishiga qarshi chiqdi. “Mamlakat ochiq bo‘lishi, lekin qoidalar juda qattiq bo‘lishi...

Koreyadan deportsiz ketish muddati 31 yanvargacha uzaytirildi

Janubiy Koreyada noqonuniy yurgan o‘zbekistonliklar uchun «yashil yo‘lak» orqali mamlakatdan chiqib ketish muddati 2025-yilning 31-yanvarigacha uzaytirildi. Migratsiya agentligining Seuldagi vakolatxonasi va Koreya Adliya vazirligi o‘rtasida o‘tkazilgan muzokaralar natijasida imzolangan hujjatga ko‘ra, 30-noyabr kuni tugashi lozim bo‘lgan “yashil yo‘lak” loyihasi uzaytirildi, deb xabar bermoqda Migratsiya agentligi matbuot kotibi. Ma’lum bo‘lishicha,...

Dollar oshsa ham migrant aybdormi?

Migrantlar Rossiyada ishlab topgan mablag‘larini o‘z vatanlariga olib ketish uchun valyuta sotib olishi unga bo‘lgan talab va dollar kursining o‘sishini sun’iy ravishda rag‘batlantirmoqda, deydi Rossiya Federatsiyasi Kommunistik partiyasidan Davlat Dumasi deputati Mixail Matveyev. Biroq, bu bayonot batafsilroq tahlil qilishni talab qiladi. Haqiqatan ham, Rossiyada ishlayotgan muhojirlar vatanlariga katta miqdorda...

Xorijdan yuborilyotgan pullar borasida Rossiya hamon yetakchi

Joriy yilning yanvar-oktyabr oylari davomida O‘zbekistonga kelib tushgan pul o‘tkazmalari hajmi 12,6 mlrd dollarni tashkil qilib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 34 foizga ko‘paydi. Bu haqida Markaziy bank sharhida bayon qilingan. Mablag‘larning 78 foizi Rossiyadan (9,8 mlrd doll) kelib tushgan bo‘lib, o‘tgan yilning mazkur davriga nisbatan 35 foizga oshgan....

Kasalxonada odamlarni yong‘indan qutqarib qolgan migrant Rossiyadan chiqarib yuboriladi

Yekaterinburg kasalxonasida odamlarni yong‘indan qutqarib qolgan migrant taksi haydovchisi Rossiyadan chiqarib yuborishga qaror qilindi. Bu ma’lumot Yekaterinburgning Jeleznodorojniy sudi saytida paydo bo‘ldi. Qirg‘iziston fuqarosi Sulton Abdumalikov Yekaterinburg shahrida mehnat shartnomasisiz taksi haydovchisi bo‘lib ishlagan. 18-noyabr kuni tushdan keyin u 3-sonli markaziy shahar klinik shifoxonasi hududida joylashgan poliklinika tomida alangani...

Noqonuniy migratsiya uchun jarimalar 60 million rublgacha yetadi

Rossiyada noqonuniy migratsiya uchun jarimalar to‘g‘risidagi qonunga mamlakat prezidenti Vladimir Putin imzo qo‘ydi. Huquqiy axborot veb-saytida e’lon qilingan hujjatlardan jarimalar migratsiya hujjatlarini soxtalashtirgan fuqarolarga ta’sir qilishi ma’lum bo‘ladi. Mamlakatga kirish, yashash yoki ish haqida soxta hujjatlar uchun jarima miqdori 5 dan 10 million rublgacha, qonunni takroran buzgan taqdirda esa...

Musofirlikdan so‘ng…

20-25 yoshlarda musofir yurtga ketish xuddi o‘lishdek gap. Sen boshqa bir mamlakatga ketasan, mahalla-ko‘y, sinfdoshlar, tanishlar seni nari borsa bir hafta so‘rashadi yoki eslashadi. Shu bir hafta davomida seni chetga ketganingni hamma biladi, “falonchi chetga ketibdi” deb gapirishadi, undan keyin esa hech kim eslamaydi. Hamma o‘z tashvishi bilan o‘zi...

Qozonda eronlik talabalarning kaltaklanishi bilan bog‘liq mojaro kuchaymoqda

Xalqaro musulmon huquqshunoslar uyushmasining xabar berishicha, 22-noyabr kuni erta tongdan Qozon Federal Universitetida viza olish uchun 200 dan ortiq xorijiy talabalar Migratsiya xizmatiga kelgan. Talabalar tushunarsiz sabablarga ko‘ra kechgacha sovuqda kutishga majbur bo‘lgan. Tashqarda turgan talabalardan biri pasportni olib chiqish uchun binoga kirishga ruxsat so‘raganida, Rosgvardiya xodimlari qo‘pollik bilan...

Avstraliyada bolalarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish taqiqlandi

Avstraliya hukumati ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining yoshini cheklovchi qonunni qabul qildi. Endi 16 yoshdan kichik shaxslarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish taqiqlandi, deb yozadi TASS agentligi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Entoni Albaneze maxsus bayonot bergani ma’lum. Hukumat rahbarining ta’kidlashicha, Avstraliya «dunyo uchun ilg‘or hisoblangan qonunni qabul qildi, unda ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari...
«Putin uchun o‘lish»: Markaziy Osiyoliklarning Rossiya armiyasidagi fojiasi

Navigatsiya