Turkum: Хабарлар

1000 dollar ham yetmaydi – Toshkentda yashash bahosi oshgandan oshib bormoqda

Ta’kidlash joiz, uch yillik tahlillarda ayrim yo‘nalishlarda (masalan ijara to‘lovida) rasmiy pasayish e’lon qilinganiga qaramay, umumiy xarajatlar muntazam o‘sib bormoqda. Hisob-kitobni poytaxtga o‘z omadini sinash uchun kelgan yosh oila (er xotin va ikki bola) misolida qilib ko‘ramiz, zero hamma davlatlarda ham aynan shunday o‘rta qatlam taraqqiyotni ham, iste’molni ham...

«Qo‘y menikimi yo seniki, jonim akam…» – Novosibirskda o‘zbekistonlik o‘g‘irlikda ayblanmoqda

Novosibirsk oblastida 28 bosh qo‘y o‘g‘irlashda gumon qilinayotgan O‘zbekiston fuqarosi sudlanadi, deb yozadi “KP-Novosibirsk”. Manbaga ko‘ra, hodisa Toguchin rayonida sodir bo‘lgan. Qo‘ylarning tunda qo‘riqchisiz qolishini bilgan o‘g‘ri u yerga o‘z mashinasida kelgan va avval 15 ta, keyin qolgan 13 bosh qo‘yni yuklab olib ketgan. Huquq-tartibot xodimlarining ta’kidlashicha, shundan so‘ng...

Rossiyadagi O‘zbekiston elchixonasida IIV vakili lavozimi joriy etiladi

Prezident qarorga ko‘ra,  O‘zbekistonning Rossiya Federatsiyasidagi Elchixonasining shtat jadvaliga, birinchi kotib – O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi vakili qo‘shimcha lavozimi kiritildi. Quyidagilar Vakilning asosiy vazifalari etib belgilandi: O‘zbekiston va Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirliklari o‘rtasidagi o‘zaro ishonch va xalqaro huquqning umume’tirof etilgan prinsip va normalariga asoslangan holda yaqin hamkorlikni...

“Contact”dan pulni qanday qaytarish mumkin? – bosqichma-bosqich ko’rsatmalar

Haligacha ko‘plab muhojirlar “Contact” tizimi orqali yuborilgan, ammo olinmagan pul o‘tkazmalarini qaytara olgani yo‘q. Kimningdir ariza yozsa ham puli qaytarilmagan, yana kimdir qanday va qayerga ariza yozish kerakligi haqida ma’lumotga ega emas. Hozirda Contact tizimi orqali yuborilgan, biroq qaytarilmagan pullarni Rossiyadagi Omonatlarni sug‘urtalash agentligi (АСВ) qaytarmoqda. Migrant.uz muxbiri pulni...

Yangi yildan Moskva transporti yo‘lkira narxlarida o‘zgarishlar kutilmoqda

Moskvada jamoat transportida yo‘l haqi 2025-yil 2-yanvardan o‘zgaradi, deb xabar bermoqda Moskva Transport departamentining matbuot xizmati. Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, eng qulay to‘lov usuli biometrik to‘lov (yuz bilan to‘lash) bo‘lib qoladi. Bu usul bilan yo‘l haqini to‘laganlar 59 rubl to‘laydi. «Тройка» kartalariga 30, 90 va 365 kunlik chiptalar narxi bir...

O‘zbekiston MDHda eng yaxshi sayyohlik yo‘nalishi deb topildi

O‘zbekiston MDH mamlakatlari bo‘ylab sayohatlar yo‘nalishida eng yaxshi turistik mamlakat deb topildi, deb xabar beradi Respublika Turizm qo‘mitasi matbuot xizmati. O‘zbekiston Rossiyaning “Russian Traveler Awards 2024” turistik mukofotining nominantlaridan biri bo‘lgan. Turizm qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Jamshid Abdusalomov boshchiligidagi delegatsiya taqdirlash marosimida ishtirok etgani aytilmoqda. «Tanlov natijalariga ko‘ra, “Russian...

Medvedev migratsiya mavzusida shoshqaloq bayonotlar bermaslikka chaqirdi, biroq…

“Migratsiya siyosatini tartibga solish murakkab masala bo’lib, bu sohada o‘ylanmagan qarorlar qabul qilish yoki shoshilinch bayonotlarga yo’l qo’ymaslik kerak”, degan Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari, “Единая Россия” raisi Dmitriy Medvedev TASS muxbiri bilan suhbatda. Biroq Dmitriy Medvedevning o‘zi ham muhojirlar va mamlakatning migratsiya siyosati haqida o‘ylamay gapirib qo‘ygan paytlari...

31-dekabr migrantlar uchun dam olish kunimi yoki yo‘q?

Rossiya parlamenti 31-dekabrni dam olish kuni deb belgilash haqidagi qonun loyihasini rad etdi. Bu qaror oxirgi majlisda ma’lum bo‘lgan. Ammo bu yil barcha rossiyaliklar va muhojirlar 31-dekabr kuni ishga chiqishi kerakligini anglatmaydi. Yangiliklardagi ma’lumot har yili 31-dekabrni dam olish kuni sifatida belgilash haqidagi qonun Rossiyada rad etilgani haqida. Bu...

Davlat Dumasi Alisher Qodirovning vizali rejim joriy etish fikriga javob berdi

“Milliy tiklanish» DP MK raisi Alisher Qodirov Markaziy Osiyo mintaqasini Rossiya bilan viza orqali kirish-chiqish qilish g‘oyasini qo‘llab-quvvatlashini yozgan edi. Bu fikr Rossiya davlat dumasida ham muhokama qilingan. Ularning fikricha, bu taklif O‘zbekiston hukumati tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi amrimahol. Rossiya Davlat Dumasining MDH ishlari bo‘yicha qo‘mitasi rahbari o‘rinbosari Konstantin Zatulin bunday...

Haqiqiy registratsiya bazadan chiqmasligini qanday tushunish mumkin?

Ba’zan muhojir uy egasi bilan birga «Мои документы» markaziga borib, qonuniy ravishda migratsion qayddan o‘tgan bo‘lsa ham tekshiruv vaqtida politsiya xodimi “registratsiya” bazada yo‘q ekanini aytishi mumkin. Registratsiya “baza”da yo‘qligi uchun odatda politsiya xodimi ma’muriy bayonnoma tuzib, 5-7 ming rubl jarima tayinlaydi, ba’zida esa ma’muriy ish sudga oshirilib, muhojir...
«Putin uchun o‘lish»: Markaziy Osiyoliklarning Rossiya armiyasidagi fojiasi

Navigatsiya