Turkum: Хабарлар

📢 Migrant o‘z hayotini xavf ostiga qo‘yib, bolani qutqardi

Nijnevartovskning Samotlor ko‘chasida migrant Aman Botirbekov haqiqiy jasorat ko‘rsatib, sakkizinchi qavatdan yiqilib tushishi mumkin bo‘lgan kichkina bolani qutqarib qoldi. Politsiyachilar bola joylashgan xonadonga kirishga harakat qilgan, lekin eshik qulf edi. O‘shanda Botirbekov yuqoridagi 9-qavatdan arqonda osilib tushishni taklif qildi. Botirbekov arqon yordamida pastki qavatga tushib, kichkintoyga yorda berdi. Keyinchalik...

🔻O‘zbekistonning Polshadagi elchixonasi haydovchilik guvohnomalari haqida ma’lumot berdi

Polshada chet ellik haydovchilar uchun 2024-yil 17-iyundan kuchga kirgan yangi qoidalarga ko‘ra, avtomobil vositasi, shu jumladan, taksini boshqarish uchun Polsha namunasidagi guvohnoma talab etiladi. Haydovchilik guvohnomasi munisipal organlarining davlat xizmatlari markazida (Urząd) almashtiriladi. Ammo, ba’zi fuqarolar orasida “O‘zbekistonning Polshadagi elchixonasi haydovchilik guvohnomasini rasmiylashtirmoqda» degan noto‘g‘ri gap-so‘zlar paydo bo‘lgan. Elchixonaning...

🔻 Boshqa davlat armiyasida yollanma askar sifatida xizmat qilishning xavf-xatarlari va oqibatlari

So’nggi yillarda migrantlarga Rossiya Federatsiyasi Qurolli Kuchlarida xizmat qilish uchun shartnoma imzolashni taklif qilish holatlari tez-tez uchramoqda. Bunday takliflar chegarada, migratsiya bo‘limlarida, deportatsiyadan oldin maxsus hibsxonalarda, hatto pasport va viza xizmatlarida ham qilinadi. Migrant.uz tahririyati Markaziy Osiyo mamlakatlarida yollanma askarlikni taqiqlovchi qat’iy qonunlar haqida muntazam eslatib turadi. Ushbu harakat...

Yaqinda Qozog‘istonga ham ID-karta bilan o‘tish mumkin bo‘ladi

Ma’lumki, hozirda O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida vizasiz rejim joriy qilinsa-da, ikki davlat fuqarolari chegaradan xorijga chiqish pasporti orqali o‘tishlari mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashqi siyosat masalalari bo‘yicha maxsus vakili Abdulaziz Komilov ikki davlat, ikki qardosh xalqni yanada jips va birdam qiladigan xushxabarni e’lon qildi. “Bugungi kunda O‘zbekiston va Markaziy...

Rossiyadan chiqarib yuborilish uchun 15 sabab

«Выдворение» – bu chet el fuqarosining Rossiyadan majburiy chiqarib yuborilishi. Hozirgi vaqtda Rossiya Ma’muriy huquqbuzarliklar kodeksining 22 ta moddasini buzganlarga «выдворение» jazosining qo‘llanilishi belgilangan. Quyida aynan qaysi ma’muriy huquqbuzarliklar uchun Rossiyadan chiqarib yuborish mumkinligi haqida ma’lumot beramiz. Agar muhojir quyidagi huquqbuzarliklarni sodir etgan bo‘lsa unda albatta «выдворение» qilinadi: giyohvand...

Moskvada o‘nlab o‘zbekistonliklar aeroportdan kiritilmay, urushga borishga targ‘ib qilinmoqda

Markaziy Osiyo davlatlarining fuqarolari Rossiyaga kiritilmaslik holatlari davom etmoqda. 10 avgust kuni Migrant.uz muxbiri Urganchdan Moskvaning Sheremetyevo aeroportiga qo‘ngach, chegaradan kiritilmagan hamyurtimiz Dostonbek S. bilan suhbatlashdi. Suhbatdoshimizning ta’kidlashicha, aeroportning neytral hududiga har kuni Rossiyaga kiritilmagan yuzlab muhojirlar kelmoqda. Dostonbek 10 avgust kuni Urganchdan Moskvaga Aeroflot aviakompaniyasi samolyotida uchib kelgan,...

Peterburgda bo‘lgan yong‘inda ikki o‘zbekistonlik kuyib qoldi

11-avgust erta tongida Sankt-Peterburgning 5-Predportoviy o‘tar yo‘lida katta yong‘in sodir bo‘ldi. Ombor binosida ro‘y bergan yong‘in natijasida ikki O‘zbekiston fuqarosi jabrlangan. Yong‘in ikki soat ichida o‘chirilib, jabrlanganlar og‘ir ahvolda Djanelidze nomidagi tez yordam ilmiy-tadqiqot institutiga olib borilgan. O‘zbekistonliklardan birining jarohatlari juda og‘ir ekani aytilmoqda. Unda uchinchi darajali kuyish qayd...

Voronejdagi fojia: kranning qulashi ishchilarning o’limiga olib keldi

Bugun soat 10:35 da Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligiga Voronejning Voroshilov ko‘chasida qurilayotgan bino yonida Ichida ishchilar bo‘lgan minora kranining ko‘taruvchi platformasi qulagani haqida xabar kelib tushdi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, falokat oqibatida uch nafar ishchi jabrlangan: ulardan ikki nafari halok bo‘lgan, biri og‘ir tan jarohati olgan. Qutqaruv ishlari jabrlanganlar 18-qavat...

O‘zbek jamiyati rahbari ijtimoiy tarmoqdagi posti uchun 4 yilga qamaldi

Moskva oblasti Stupino shahar sudi “Vatandosh” o‘zbeklar jamiyati prezidenti Usmon Baratovni nafrat uyg‘otishda ayblanib (Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksi 282-moddasi 2-qismi) to‘rt yilga umumiy rejimdagi koloniyaga hukm qildi. Ish Baratovning “Odnoklassniki” ijtimoiy tarmog‘idagi “Xo‘rozlarni frontdan qaytaringlar, aks holda tuxum yo‘q!” degan yozuvli posti tufayli qo‘zg‘atilgan. 2023-yil dekabr oyida nashr etilgan...
«Putin uchun o‘lish»: Markaziy Osiyoliklarning Rossiya armiyasidagi fojiasi

Navigatsiya