Turkum: Хабарлар

“Qotillikda ayblab qamashdi va aldab urushga jo‘natishdi”- Ukrainadagi o‘zbek asiri

Bugungi kunda Rossiyada mehnat qilayotgan migrantlarning urush girdobiga tushib qolishi odatiy holga aylanib bormoqda. Ukrainaning “Xochu jit” loyihasi Rossiya armiyasi tarkibida Ukraina bilan urushga kelgan va asir tushganlar haqida ma’lumotlarni e’lon qildi. Unga ko‘ra, mazkur urushda 13 000 markaziy osiyolik jang qilmoqda. 12 666 kishining shaxsi aniqlangan. Eng ko‘pi...

Oson pul topish ilinji qamoq bilan tugadi

Rossiyaga ishlash maqsadida ketgan to‘rtko‘llik Olimboy (ismi o‘zgartirilgan) jinoiy ish va harbiy harakatlar girdobiga tushib qoldi. Ma’lum bo‘lishicha, u 2020-yil noyabr oyida Moskva shahriga ishlash uchun borgan va qurilish sohasida mehnat qilgan. Biroq 2022-yil may oyida u giyohvand moddalar bilan bog‘liq jinoyatda bilan aybdor deb topilib, 5 yilga ozodlikdan...

Komida migrantlarga yangi taqiqlar

2026-yil 21-aprelda Komi Respublikasi rahbari xorijiy fuqarolarni ishga qabul qilishda sezilarli cheklovlarni joriy etuvchi farmonni imzoladi. Yangi qoidalarga ko‘ra, muhojir ishchilarga oziq-ovqat ishlab chiqarish, chakana savdo va ta’lim bilan shug‘ullanish taqiqlanadi. Cheklovlar transport sohasiga ham ta’sir qiladi: migrantlar endi taksi haydovchisi sifatida, ijaraga olingan mashinalarda haydovchi sifatida yoki temir...

Migrant ayol qamaldi, u tuhmatga uchraganini aytmoqda

Sankt-Peterburgning Kalinin tuman sudi Muhayyo Ermatovani davlat amaldoriga nisbatan zo‘ravonlik ishlatganlikda aybdor deb topib, uni umumiy tartibli koloniyada bir yilu 10 oyga ozodlikdan mahrum qildi. Ayol 300 000 rubl miqdoridagi fuqarolik da’vosini ham to‘laydi. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yil 10-iyunda ayol deportatsiya qilinishdan qo‘rqib, hibsga olinishga qarshilik ko‘rsatgan va polisiya...

Vladikavkazda o‘zbekistonlik migrant halok bo‘ldi

Vladikavkazda chiqindi tashuvchi mashinasida sodir bo‘lgan portlashda Jaloliddin ismli 42 yoshli o‘zbekistonlik muhojir halok bo‘lgani xabar berildi. Uning besh farzandi yetim qolgani aytilmoqda. Dastlabki tergovlarga ko‘ra, bunga chiqindida topilgan portlovchi qurilmalarning detonatsiyasi sabab bo‘lgan. Tozalash xizmati xodimi ichida mushakbozlik vositalari solingan karton qutini konteynerga tashlagan. Chiqindi zichlanganda detonatsiya tufayli...

Rossiyada VPNlarga qarshi kurash oqibatlari qanday bo‘ladi?

Rossiya VPNlarga qarshi kurashni kuchaytira boshladi va endi barcha foydalanuvchilar uchun internet tezligi sekinlashishi mumkin. 2026-yil aprel oyining o‘rtalaridan boshlab MTS, VimpelCom (Beyeline), T2, Transtelekom va MSK-IX kabi taxminan 20 ta yirik telekommunikatsiya operatorlari Yevropaga ulangan kanallarning o‘tkazish qobiliyatini oshirmaslikka kelishib oldi. Biroq foydalanuvchilar soni va xalqaro trafik hajmi...

Bitta musht: bezori o‘ldi, migrant qamaladi

Moskvada ikki xaridor o‘rtasida kelib chiqqan janjal ulardan birining o‘limiga sabab bo‘ldi. Natijada jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Hodisa 10-aprel kuni kechqurun Budyonniy prospektidagi Sokolinaya Gorada sodir bo‘lgan. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, Moskvada montajchi-haydovchi bo‘lib ishlaydigan 31 yoshli O‘zbekiston fuqarosi ishdan keyin do‘sti bilan oziq-ovqat olish uchun do‘konga to‘xtagan. Shu payt savdo...

Ximkida 168 migrant “deport” qilinadi

Moskva yaqinidagi Ximki shahrida politsiya xodimlari migratsiya qonunlariga rioya qilinishini tekshirish uchun reyd o‘tkazdi. Reyddan so‘ng xorijiy fuqarolarga nisbatan 168 ta ma’muriy bayonnoma tuzildi. Reydlar qurilish maydonchalarida, yotoqxonalarda va korxonalarda bo‘lib o‘tdi. Jami 200 dan ortiq Markaziy va Janubiy Osiyodan kelgan odamlar tekshiruv uchun politsiya bo‘limiga olib kelindi. Huquqni...

Telefonlar tekshiriladi: chegarada yangi qoidalar kuchga kirdi

Rossiyada chegaradan o‘tishda yangi tartiblar joriy etildi. Endi chegarachilar fuqarolarning shaxsiy qurilmalarini — telefon, noutbuk va boshqa gadjetlarni tekshirishi mumkin. Chegara xizmati bu huquq mavjudligini rasman tasdiqladi. Endilikda nazorat nafaqat yuk va transport vositalariga, balki shaxsiy buyumlarga ham tatbiq etiladi. Mazkur choralar ekstremizm va kontrabandaning oldini olishga qaratilgan deb...

Urushga borgan oshpaz yigit qamaldi

Andijon viloyati Marhamat tuman sudi 26 yoshli Komiljonni (ismi o‘zgartirilgan) xorijdagi harbiy harakatlarda ishtirok etganlikda aybli deb topib, ozodlikdan mahrum qildi. Ish materiallariga ko‘ra, 2000-yilda tug‘ilgan Komiljon Rossiyaga ishlash maqsadida ketgan va bir necha yil davomida u yerda mehnat qilgan. Ammo 2022-yilda uning hayotida yoqimsiz voqea sodir bo‘ldi. Moskvada...
«Putin uchun o‘lish»: Markaziy Osiyoliklarning Rossiya armiyasidagi fojiasi

Navigatsiya