Turkum: Хабарлар

“Nelegal-2025” operatsiyasi doirasida 30 dan ortiq muhojir mamlakatdan chiqarib yuborildi

Oltoy o‘lkasi politsiyasi noqonuniy migratsiyaga chek qo‘yish maqsadida reyd o‘tkazdi. “Nelegal-2025” operatsiyasi doirasida 100 ga yaqin xorijlik tekshiruvdan o‘tkazildi, deb xabar bermoqda Rossiya IIV matbuot xizmati. Kulunda tumanida vaxtaga qatnovchi olti avtobus ko‘rikdan o‘tkazildi. Yo‘lovchilar orasida politsiya Rossiyada noqonuniy yashayotgan 33 nafar muhojirni aniqladi. Huquqbuzarlarga nisbatan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi....

Politsiyaga migrantlarni topishda kvadrokopter yordam berdi

Saratovda politsiya qurilish maydonchasida reyd o‘tkazib, ruxsatnomasiz ishlayotgan turkmanistonlik muhojirlarni qo‘lga oldi. Hodisa Solnechniy-2 mavzesidagi qurilish maydonchasida sodir bo‘lgan. Polisiya kvadrokopteri besh kishining qochib, podvalda yashiringanini videoga oldi. Tez orada ularning barchasi topilib, olib chiqildi. Aniqlanishicha, qo‘lga olingan xorijliklar Rossiyaga sayyoh sifatida kelgan, lekin aslida qurilish ishlari bilan shug‘ullangan....

“O‘zbekistonga qaytishni xohlayman” – jang maydoniga tushib qolgan muhojir

Alisher (ismi o‘zgartirilgan) bir necha yil Rossiyada ishlab yurgan. U ish topish uchun ketgan edi, ammo urush maydoniga tushib qoldi. Uzdiplomat.uz portaliga murojaat qilgan o‘zbekistonlik fuqaro Donesk atrofidagi urushda ko‘plab Markaziy Osiyo respublikalaridan borgan migrantlar, jumladan, o‘zbekistonliklar qiyin ahvolda qolganini aytadi. “Men hozir Doneskdaman. Menda hech qanday hujjat, hech...

Koreyada mavsumiy mehnat dasturi qayta tiklandi

O‘zbekiston 2026-yildan boshlab Toshkent viloyati aholisi uchun Janubiy Koreyada mavsumiy mehnat dasturini tiklaydi. Ular E-8 vizasi bilan Kyonsannamdo provinsiyasida sakkiz oy davomida qishloq xo‘jaligida ishlashlari mumkin bo‘ladi. Bu qaror Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi direktori Behzod Musayev boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasining Kyonsannamdo viloyati gubernatori Pak Van Su bilan muzokaralari yakunlari...

Buyuk Britaniya migrantlar uchun ingliz tilini bilish talablarini kuchaytiradi

Buyuk Britaniya chet ellik ishchilar uchun qoidalarni kuchaytirmoqda. 2026-yil 8-yanvardan boshlab mehnat vizasi olish uchun murojaat qilganlar ingliz tilini kamida B2 darajasida bilishlari kerak bo‘ladi — bu Britaniya maktablaridagi A-level darajasiga teng. Hozir viza uchun B1 darajasi yetarli, ammo hukumat talablarni oshirishga qaror qildi. Yangi talab malakali ishchi vizasi,...

Rossiya 2030-yilgacha migratsiya qoidalarini o’zgartiradi

Prezident Vladimir Putin 2026–2030-yillarga mo‘ljallangan migratsiya siyosatining yangi konsepsiyasini imzoladi. Bu hujjat Rossiya yaqin yillarda migrantlar bilan qanday ishlashini tushuntiradi. Rasmiylar asosiy maqsad migratsiyani qonuniy, xavfsiz va mamlakat uchun foydali qilish ekanligini iddao qilmoqda. Migrantlarni ro‘yxatga olish tizimini takomillashtirish, ular rus tilini o‘rganishi, huquq va majburiyatlarini bilishi, moslashuv bo‘yicha...

Turkiyada turkiy millatga mansub xorijliklar uchun tartib o‘zgardi

Turkiya mamlakatga kelayotgan turkiy millat vakillariga “chet ellik” deb qaramasligi va Erdog‘anning shu haqda qaror imzolagani haqida xabarlar tarqaldi. Turli manbalar bu toifaga kiradigan xalqlarni turlicha sanab o‘tishadi: ba’zilarida Axiska turklari, uyg‘urlar, qrim tatarlari, Bolgariya va Gresiyadan kelgan etnik turklar, boshqalari esa turkmanlar va o‘zbeklarni ham qo‘shishgan. Turkiya 2025-yil...

Putinning Dushanbega tashrifidan keyin nima o‘zgardi?

Rossiya prezidenti Vladimir Putin rasmiy tashrif bilan Tojikistonga keldi. Ko‘pchilik mehnat muhojirlari masalasi uchrashuvning asosiy mavzusi bo‘lishini kutgan bo‘lsa-da, u qisman muhokama qilindi. Shunga qaramay, tomonlar ikki davlat o‘rtasidagi migratsiya bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan uchta muhim shartnomani imzoladilar. Bitimlardan biri Migratsiya vazirligi Rossiyaning Dushanbeda va Tojikistonning Moskvada vakolatxonalarini ochishni...

Migrantlar gepatit bo‘yicha ham tekshiriladi

2026-yilning 1-martidan boshlab Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi mamlakatga kelayotgan barcha mehnat muhojirlari va xorijliklarni gepatit B va C ga tekshirishni boshlashni rejalashtirmoqda. Yangi qoidalar fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, qochqinlar va vaqtinchalik boshpana so‘rab murojaat qilganlarga ham tegishli bo‘ladi, deb yozadi “Vedomosti”. O’zgartirishlar loyihasi allaqachon normativ hujjatlarning federal portalida e’lon qilingan. Tushuntirish...

Chernogoriya Armaniston, O‘zbekiston va Misr fuqarolari uchun vizasiz rejimni bekor qildi

Chernogoriya Vazirlar Mahkamasi Armaniston Respublikasi, O‘zbekiston Respublikasi va Misr Arab Respublikasi fuqarolari uchun vaqtincha vizasiz kirish qoidalarini bekor qildi. Bu haqda hukumatning 2025-yil 9-oktyabrda bo‘lib o‘tgan 98-sessiyasi press-relizida aytilgan. O‘zgartirishlar 2025-yil 1-noyabrdan kuchga kiradi. Ilgari ushbu davlatlar fuqarolariga turizm va qisqa muddatli tashriflar uchun mavsumiy muddatlarga (180 kunlik muddat...
«Putin uchun o‘lish»: Markaziy Osiyoliklarning Rossiya armiyasidagi fojiasi

Navigatsiya