Voronej viloyatida 29 nafar muhojir qo‘lga olindi, ayrimlari hujjatsiz bo‘lgan

Voronej viloyatining Nijnedevitskiy tumanidagi Mixnevo va Novaya Olshanka qishloqlaridagi qurilish ob’yektlarida yirik reyd o‘tkazildi. Unga FSB, polisiya va Rosgvardiya xodimlari jalb qilingan. Natijada 29 nafar xorij fuqarosi qo‘lga olingan. Ichki ishlar vazirligining Voronej viloyati bo‘yicha bosh boshqarmasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, ulardan besh nafari O‘zbekiston fuqarolari. Ular patentsiz ishlagani,...








