Turkum: Хабарлар

Yekaterinburgda reyd: 7 kishi harbiy hisobga qo‘yiladi

Yekaterinburgda harbiy tergovchilar savdo nuqtalariga reyd uyushtirib, harbiy hisobga turmagan erkaklarni qidirishdi. Bu haqda URA.RU ga Markaziy harbiy okrugi Tergov qo‘mitasining Harbiy-tergov boshqarmasi ma’lum qildi. «Rossiya fuqaroligini olgan, ammo harbiy hisobga turmagan shaxslarni aniqlash maqsadida 58-Harbiy tergov boshqarmasi ofiserlari chakana savdo nuqtalarida reyd o‘tkazishdi. 20 dan ortiq fuqaro tekshirildi,...

«Kecha qurilishda ishlaganlar bugun kuryer bo‘lmasligi lozim» — deputat Nilov

Qurilish sohasida ishlayotgan migrantlarga taksi haydovchisi yoki kuryer bo‘lib ishlashga ruxsat berilmaydi. Rossiya hukumati 2025-yilda migratsiya siyosatini qat’iylashtirishni va chet elliklar uchun maqsadli mehnat patentlarini joriy etishni rejalashtirmoqda. Bu shuni anglatadiki, agar mehnat muhojiri muayyan sohada ishlashga ruxsat olsa, u boshqa sohada ishlash imkoniyatiga ega bo‘lmaydi. Masalan, yo‘lovchilar tashish...

Statistika: Rossiyada chet elliklar jinoyati kamaygan

Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirligi Migratsiya masalalari bosh boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, 2024-yil yakunlari bo‘yicha chet el fuqarolari tomonidan sodir etilgan jinoyatlar soni 3,8 foizga qisqargan. Chet el fuqarolari sodir etgan jinoyatlar umumiy soni 0,9 foizga kamaygan. Chet elliklar tomonidan sodir etilgan og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar soni 2,2 foizga...

Liftdagi ayollar mushtlashuvi: Sankt-Peterburgning «Galereyasi»dagi noodatiy voqea

Sankt-Peterburgdagi Galereya savdo markazida zamonaviy shahar dramasi deyishga loyiq voqea sodir bo‘ldi. Oddiy liftda chiqish kutilmagan yakun bilan haqiqiy spektaklga aylandi. Bosh qahramonlar – rus tilini bilmaydigan Markaziy osiyolik kuryer, ikki dugona va adolat tuyg‘usi yuqori bo‘lgan ayol. Qizlardan biri kuryerni mazax qilishga qaror qilganida, uning kutilmagan himoyachisi yonginasida,...

Ayrim muhojirlar fevraldan Rossiyada nikohdan o‘ta olmaydi

2025-yilning ikkinchi oyidan boshlab Rossiyada yangi qoida kuchga kiradi. Unga ko‘ra, mamlakatda noqonuniy ravishda yashab turgan xorijiy fuqarolar uchun nikoh tuzish imkoniyati cheklanadi. Ma’lumotlar maxsus nazoratdagi shaxslar reyestri orqali tekshiriladi va bu jarayon to‘g‘ridan-to‘g‘ri ZAGS (Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish bo‘limlari)da amalga oshiriladi. 5-fevraldan boshlab yangi qoidalarga muvofiq, nazoratdagi...

2025-yil qaysi lavozimlarda migrantlar yuqori maosh oladi?

2025-yilda yuqori malakali migrantlar orasida eng yuqori maosh oyiga 380 ming rubl bo‘ladi. Bu haqda «RBK» tomonidan tahlil qilingan, 9-dekabrda qabul qilingan Mehnat vazirligining «Rossiya Federatsiyasiga viza asosida kelayotgan chet ellik ishchilarni jalb qilish uchun kasblar (mutaxassisliklar, lavozimlar) ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida»gi buyrug‘idan ma’lum bo‘ldi. Bunday maoshni boshqaruv raisi oladi....

«Britanlar oxirgi vaqtda Toshkentga biroz serqatnov bo‘lib qolishgan…»

Britaniyada quruvchilar yetishmayapti. Rossiya esa borgan sari o‘zbek quruvchilar uchun jozibasini yo‘qotmoqda – cheklovlari kuchaygan, daromad tushgan. Yangi O‘zbekiston va Britaniya o‘rtasida hanuz oliy darajada tashriflar bo‘lmadi, lekin britanlar oxirgi vaqtda Toshkentga biroz serqatnov bo‘lib qolishgan. Balki hukumatimiz o‘zbek quruvchilarining Britaniyada ishlashi bo‘yicha muzokaralar olib borishi kerakdir? Miyalar oqimiga...

2025-yilning yanvar oyida Rossiya qonunchiligidagi migrantlarga tegishli o‘zgarishlar

Mazkur dayjestga faqat qabul qilingan va yanvardan kuchga kirgan huquqiy normalar kiritilgan. Demak, 2025-yil 1-yanvardan: – Rossiyaga vizasiz kelgan chet el fuqarolarining mamlakatda qolish muddati bir yilda 90 kundan oshmasligi kerak. Qonuniy tartibda qolish muddati uzaytirilgan holatlar, masalan, patent rasmiylashtirilgan bo‘lsa bundan mustasno. Bu haqida ushbu materialimizda o‘qishingiz mumkin....

Rossiyalik deputat muhojirlarga bo’lgan yomon munosabatni qoraladi

Davlat Dumasi deputati Oleg Matveychev o‘z blogida migrantlarga nisbatan davlat siyosati va jamoatchilik kayfiyatini yomonlashtirishni bas qilishga chaqirdi. Muhojirlarga nisbatan siyosat haqida fikr bildirar ekan, deputat hozirda “migrantlarni ta’qib qilish” g‘oyasini ommaga targ‘ib qilayotgan “populistlar”ga berilmaslikka chaqirdi. Matveychev, shuningdek, agar hukumatning muhojirlarga nisbatan siyosati va jamoatchilik kayfiyati keskinlashsa, “har...

Putin muhojirlarning bolalariga rus tili darslarini tashkillash bo‘yicha topshiriq berdi

Vladimir Putin Rossiya hukumatiga muhojirlarning bolalari, shu jumladan maktabga kirish uchun testdan o‘tmagan migrantlarning farzandlariga rus tilini o‘rgatish bo‘yicha tashkiliy choralarni ko‘rish topshirig‘ini berdi, deb yozadi «РИА Новости». Ushbu topshiriq rus tili va Rossiya xalqlari tillarini qo‘llab-quvvatlash sohasida davlat siyosatini amalga oshirish bo‘yicha Kengash yig‘ilishida berilgan va ushbu tadbirning...
«Putin uchun o‘lish»: Markaziy Osiyoliklarning Rossiya armiyasidagi fojiasi

Navigatsiya