Turkum: Хабарлар

6 yoshli muhojir bolani qiynab o‘ldirgan rossiyalik besh yilga qamaldi

Yekaterinburg harbiy sudi olti yoshli Daler Bobiyevning vasiysi Aleksandr Naumovni bolani shafqatsiz qiynoqqa solgan uchun besh yilga ozodlikdan mahrum qildi. Avvalroq Ukrainada jang qilgan Naumov tojikistonlik muhojirning o‘g‘li bo‘lgan asrandi bolaga zo‘ravonlik qilganlikda aybdor deb topilgan. 26-iyun kuni vasiy Veronika Naumova bolaning bedarak yo‘qolgani haqida xabar bergan, biroq keyinchalik...

Keksa migrant millatchi o‘smirlar tomonidan kaltaklandi

Besh nafar o‘smirdan iborat jinoiy guruh keksa migrant farroshni to‘qmoq bilan urgan va unga qalampirli gaz sepgan. Taxminlarga ko’ra, hujum Moskvada sodir bo’lgan, chunki bezorilardan biri avvalroq poytaxtdagi «Лев против» loyihasi mitingida ko’rilgan. Kaltaklangan muhojir qochib ketishga muvaffaq bo‘lgan. Bu hujum Moskva yoki Moskva oblastida amalga oshirilgan bo‘lishi mumkin,...

Moskva shahridagi “Domodedovo” xalqaro aeroportida yo‘lovchilardan barmoq izlari olinadi

“Domodedovo” xalqaro aeroportida xorijiy fuqarolar uchun pasport nazoratidan o‘tish tartibiga o‘zgartirishlar kiritilgani haqida O‘zbekiston havo yo‘llari aviakompaniyasi o‘zining rasmiy sahifasida ma’lum qildi. Ma’lum bo‘lishicha, 2024-yil 1-oktabrdan boshlab “Domodedovo”dan uchib ketayotgan va qo‘ngan yo‘lovchilar pasport nazorati kabinalarida qo‘shimcha ravishda biometrik suratga olinadi va daktiloskopik barmoq izlarini topshiradi. Moskvaning “Domodedovo” aeroportidan...

Rossiyada xorijlik yuqori malakali kadrlar soni keskin kamayib ketdi

“Continent Express” viza-migratsiya departamenti direktori Alla Gordiyenko o‘z kompaniyasining ma’lumotlariga asoslanib, Rossiyada xorijlik yuqori malakali mutaxassislar soni so‘nggi bir necha yil ichida 2/3 qismga kamayganini ma’lum qildi. Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, bunday maqom asosan Xitoy, Hindiston va Singapurdan kelganlar uchun berilar edi. «Rossiyaning Ukrainadagi maxsus harbiy operatsiyasi boshlanganidan so‘ng migrantlar...

Til bilmagan… el bo‘lmaydi – Rus tilini bilmaganlar Rossiya fuqaroligidan mahrum qilinadi

Rossiya hukumati muhojirlar orasida rus tilini bilish ustidan nazoratni kuchaytirishda davom etmoqda. Endi tilni bilish sertifikatlari, agar shaxs haqiqatda bu tilni bilmasligi aniqlansa, Rossiya fuqaroligi yoki migrant maqomini olish uchun kafolat bo‘lmaydi. Ichki ishlar vazirligi rasmiy vakili Irina Volkning iddaosicha, sertifikat olgan ko‘plab muhojirlar rus tilida gaplasha olmaydi. Soxta...

Transport vazirligi haydovchilarni qo‘lidagi har qanday narsa uchun jarimaga tortishni taklif qilmoqda

Rossiyada haydovchilar rulda elektron sigaretalar va boshqa tamaki mahsulotlarini chekkani uchun 1,5 ming rubl jarimaga tortilishi mumkin. Mash telegram kanalining ma’lumotlariga ko‘ra, Transport vazirligi Yo‘l qoidalarining 2.7-bandiga o‘zgartirish kiritishni taklif qilmoqda. Ushbu bandda haydovchiga qo‘lini bo‘shatadigan maxsus moslamasiz telefondan foydalanish taqiqlanadi. Endi esa ushbu taqiqni barcha qurilmalarga, jumladan, elektron...

Rus qizlarini «natashka» deb atagan bloger uy qamog‘idan keyin «СИЗО»ga yuborildi

Asl ismi Salmon Rajabzoda bo‘lgan bloger Jumaboy, millatlararo adovat qo‘zg‘atgani uchun tergov izolyatoriga yuborildi. Ilgari u uy qamog‘ida saqlangan edi, deb yozadi «Kommersant» nashri. Eslatib o‘tamiz, tojik blogeri Jumaboyga nisbatan rus qizlarini «natashkalar» deb atagani va barcha rus qizlar «bizniki bo‘ladi» degan videosidan keyin jinoiy ish qo‘zg‘atilgan edi. Ushbu...

Muhojir talaba «tez yordam» chaqirib, shifokorlarni kaltakladi

Moskva markazida shoshilinch tibbiy yordam xodimlariga hujum qilgan migrant qo‘lga olindi. Hodisa Taganskiy rayonidagi Shkolnaya ko‘chasida sodir bo‘lgan. 24 yoshli yigit o‘zini yomon his qilayotganini aytib, shifokorlarni chaqirgan. Ammo, shifokorlar kelib, uni ko‘rikdan o‘tkazmoqchi bo‘lganlarida, yigit ularni haqorat qilib, urgan, deb yozadi «Осторожно, новости» telegram kanali. Tibbiyot xodimlari darhol...

Xorijdagi o‘zbekistonlik saylovchilar uchun maxsus veb-sayt ochildi

2024-yil 27-oktabr kuni O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan parlament saylovlari munosabati bilan Tashqi ishlar vazirligi xorijda bo‘lgan respublika fuqarolari uchun saylov.mfa.uz maxsus veb-saytini ishga tushirdi. Mazkur sayt O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi fuqarolariga konsullik hisobvarag‘iga bormasdan turib, ovoz berish uchun saylovchilar ro‘yxatiga kiritish to‘g‘risidagi arizani elektron shaklda yuborish imkonini beradi. Shuningdek, mazkur platforma...

Smolenskda migrantlarning haqini bermagan shaxs kaltaklandi

Smolensk viloyatida bir guruh migrantlar va ularning ish beruvchisi o‘rtasida kelishmovchilik yuz berdi. Zagorniy qishlog‘ida yashovchi 26 yoshli fuqaro qurilish ishlarini olib borish uchun to‘rt nafar muhojirni yollagan, biroq tomonlar o‘rtasida to‘lov borasida nizo kelib chiqqan. O‘zlariga taklif qilingan summadan norozi bo‘lgan ishchilar ish beruvchi bilan nizoga kirishgan. To‘qnashuv...
Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya