Turkum: Хабарлар

Qozog‘istonda buzilib qolgan avtobusdagi 34 o‘zbekistonlik qutqarildi

9-dekabr kuni soat 23:45 da «Almati-Toshkent» avtomobil yo‘lining 592-kilometrida, Jualiy tumanida «Yutong» rusumli yo‘lovchi tashuvchi avtobus texnik nosozlik tufayli to‘xtab qolgan. Bu haqda viloyat FVV xabar berdi. Avtobus Almati shahridan Nukus shahriga (O‘zbekiston Respublikasi) qadar qatnagan. Jambul viloyati Favqulodda vaziyatlar departamenti kuchlari tomonidan 41 nafar yo‘lovchini evakuatsiya qilish ishlari...

Rossiya Markaziy banki rublning keskin qadrsizlanishiga sabab bo‘lgan holatni izohladi

Markaziy bank noyabr oyida rublning keskin qadrsizlanishini AQSHning yangi sanksiyalari va ayrim ishtirokchilarning harakatlari bilan bog‘ladi. Rossiya Banki yaqinda rublning qadrsizlanishini AQSHning yangi sanksiyalar paketi (ular asosan moliyaviy sektorga qaratilgan edi) va mahalliy banklar oldidagi valyuta majburiyatlarini to‘lash uchun valyuta sotib olgan ayrim nomoliyaviy kompaniyalarning harakatlari bilan bog‘ladi. Natijada...

Migrantlar uchun tarix va rus tili bo‘yicha imtihonlar narxi birxillashtirildi

Rus tili, Rossiya tarixi va qonunchilik asoslari bo‘yicha imtihon narxi fuqarolik olish maqsadida migrantlar uchun 2950 rubl etib belgilandi. Bu haqda hukumat qarorida keltirilgan bo‘lib, hujjatga Bosh vazir Mixail Mishustin imzo chekdi. Vaqtincha yashash ruxsatnomasi (RVP) yoki doimiy yashash ruxsatnomasi (VNJ) olish uchun imtihon narxi 5900 rubl qilib belgilangan....

Beva ayolning 11 yillik kurashi va iztiroblari

Qahramonimiz 2013 yilda turmush o‘rtog‘idan OIV yuqtirgan va ushbu kasallik bilan 11 yildan beri kurashyapti. U dunyo bo‘ylab 40 milliondan ziyod, O‘zbekistonda esa 47 mingdan ko‘p odamning qatorida OIV bilan yashab kelmoqda. U kunlarni qo‘rqinchli tush kabi eslaydi… “Oyog‘im ostidagi dunyo yo‘qolib qoldi…” “U holatni tasvirlab berish qiyin. Odamning...

Qanday holatlarda mashina boshqarish uchun Rossiyada olingan haydovchilik guvohnomasi talab etiladi?

Rossiyada taksida ishlash uchun muhojirlarning Rossiyada olingan haydovchilik guvohnomalari bo‘lishi kerak. Bu talab Rossiyada “Yo‘l harakati xavfsizligi to‘risida”gi Federal qonunnning 25-moddasi, 13-bandida ko‘rsatilgan. Ushbu qonun talabiga muvofiq, transport vositalarini boshqarish bilan bog‘liq tadbirkorlik yoki mehnat faoliyati amalga oshirilganida xorijda olingan haydovchilik guhnomalari bilan mashina haydash taqiqlangan. Rossiyada olingan haydovchilik...

Internetdagi qiz Peterburgda ikki o‘zbekistonlik mushtlashuviga sababchi bo‘ldi

Peterburgda politsiya o‘zbekistonlik migrantni qo‘lga oldi. Ma’lum bo‘lishicha, qo‘lga olingan o‘zbekistonlik shaharning Krasnogvardeyskiy tumanidagi qurilish maydonida hamyurtlaridan birini jarohatlagan. Bu haqda 5-dekabr kuni Peterburg shahri IIV boshqarmasu xabar berdi. O‘tgan tunda politsiyaga shifoxonadan 17 yoshli yigitning turli jarohatlar bilan olib kelingani haqida xabar qilingan. Bola Malooxtinskiy prospektidagi 68-uydan shifoxonaga...

Krasnodardagi qurilish maydonida reyd o‘tkazildi

Krasnodardagi «Дзенпарк» turar-joy majmuasi qurilishida noqonuniy migrantlar ishlayotgani aniqlandi, deb xabar bermoqda Mash.ru. Politsiya obyektda Markaziy Osiyo davlatlaridan kelgan 85 nafar migrantni aniqlagan. Hujjatlarni tekshirish paytida olti kishi qochishga uringan, o‘n kishining ishlash uchun ruxsatnomasi bo‘lmagan, to‘rt nafar migrant esa mamlakatda umuman noqonuniy ravishda bo‘lgan. Ular deportatsiya qilinadi. Videoda...

“Deport” bo‘lib tirik qolgan yaxshiroq – Rossiyada migrantlar urushga da’vat qilinmoqda

Rossiyada ishlayotgan muhojirlarga Ukrainadagi urushga qatnashish takliflari tobora ko‘payib bormoqda. Kuni kecha telegramm tarmoqlarida qurilish maydonlaridan birida olingan video tarqaldi. Videoni millatchiligi bilan tanilgan Tsargrad telekanali e’lon qilgan. Muhojir ishchilarning rossiyaliklarga qurib berayotgan uylari oldida qator qilib harbiylar tomonidan ularga Mudofaa vazirligi bilan shartnoma imzolash yoki vatanga deportatsiya qilinish...

Qodirov politsiyaning xorijliklarni “urish, hibsga olish va quvib chiqarish” harakatlaridan norozi

Checheniston rahbari IIV va Tergov qo‘mitasi rahbarlarini chechen o‘spirin Murdiyevning janjal bilan bog‘liq ishi sabab tanqid qildi. Shuningdek, politsiyaning xorij fuqarolariga nisbatan olib borayotgan siyosati — “urish, hibsga olish va quvib chiqarish” harakatlaridan norozilik bildirdi. Qodirovning bu fikri Moskvadagi Tergov qo‘mitasi tomonidan 14 yoshli chechen o‘spirin Muslim (Roman) Murdiyevga...
«Putin uchun o‘lish»: Markaziy Osiyoliklarning Rossiya armiyasidagi fojiasi

Navigatsiya