Maqola

563 14/10/2025

Chelyabinsk viloyati politsiyasi «Nelegal» federal keng qamrovli tezkor-profilaktik operatsiyaning ikkinchi bosqichini boshladi. Bu haqda IIV Bosh boshqarmasi ma’lum qilmoqda.

Reydlar xorijliklar to‘planadigan joylarda, jumladan, bozorlar, qurilish obyektlari, issiqxona majmualari, mehmonxonalar va yotoqxonalarda o‘tkaziladi.

“Operatsiyadan asosiy maqsad noqonuniy migratsiyani tashkil etish bilan shug‘ullangan shaxslarning jinoiy faoliyatini aniqlash va oldini olish, shuningdek, Rossiya Federatsiyasi hududida chet el fuqarolarini noqonuniy legallashtirish kanallarini to‘sib qo‘yishdan iborat”, — deya tushuntirgan departament.

Operatsiyaning birinchi bosqichi natijasida viloyatda 10 mingga yaqin immigratsiya qonunchiligi buzilishi qayd etilgan. 583 nafar shaxsga nisbatan deportatsiya toʻgʻrisida buyruq chiqarildi. Bundan tashqari, 1200 dan ortiq xorijliklarning Rossiyaga kirishiga ruxsat berilmagan.

 

«Putin uchun o‘lish»: Markaziy Osiyoliklarning Rossiya armiyasidagi fojiasi

Navigatsiya