2024-yil 1-iyuldan boshlab chet el fuqarolarining Rossiya Federatsiyasi hududida bo’lishi bilan bog’liq bir qator hujjatlar uchun davlat boji oshiriladi.
🔺Vaqtinchalik yashash uchun ruxsatnomasi (РВП): 1920 rubl (shu paytgacha 1600 rubl);
🔺Yashash uchun ruxsatnoma (ВНЖ): 6000 rubl (shu paytgacha 3500 rubl);
🔺Viza muddatini uzaytirish: 1200 rubl (shu paytgacha 500 rubl);
🔺Tranzit vizasini rasmiylashtirish: 1200 rubl (shu paytgacha 500 rubl);
🔺Ko’p martalik vizani uzaytirish: 1920 rubl (shu paytgacha 1500 rubl);
🔺Rossiya Federatsiyasiga kelish uchun taklifnoma rasmiylashtirish: 960 rubl (shu paytgacha 300 rubl);
🔺 “РВП” yoki “ВНЖ” bilan yashash joyidan ro’yxatdan o’tkazish: 420 rubl (shu paytgacha 350 rubl).