132
23/07/2024
Quyidagi talablarga mos keluvchi fuqarolar Germaniyaga ishga taklif qilinadi:
- o‘rta bo‘g‘in tibbiyot hamshirasi diplomi;
- nemis tilini kamida B1 darajada bilish;
- kamida 1 yillik mehnat staji;
- 18-45 yosh.
Imkoniyatlar:i
- ish haqi 2300-2700 € (brutto) + bajarilgan ish hajmiga qarab turli bonuslar;
- haftada 5 ish kuni;
- yashash joyi topishga ko‘mak.
Mana bu havoladan ro‘yxatdan o‘tishingiz mumkin.
Tibbiyot sohasiga qiziquvchi yoshlar uchun Ausbildung:
- tibbiyot va keksalarni parvarishlashga qiziqish;
- 11 yillik ta’limni yakunlagan bo‘lish;
- nemis tilini B2 darajada bilish;
- 3 yillik kasbiy ta’limni yakunlab, belgilangan klinikada ishlash majburiyatini olish;
- 16-35 yosh.
Imkoniyatlari:
- stipendiya 1100-1400 € (brutto);
- haftada 6 kun o‘qish va amaliyot;
- yashash joyi topishga ko‘mak;
- tibbiy sug‘urta;
- kasbiy ta’limdan keyin kafolatlangan ish joyi.
❗️ Ro‘yxatdan o’tish uchun bosing!