Maqola

383 15/07/2024

Markaziy Osiyodan kelgan mehnat muhojirlari uchun moslashuv kursi Milliy ishlar federal agentligi tomonidan ishlab chiqilgan. Kurs migratsiya va mehnat qonunchiligi, shuningdek, Rossiyada o‘zini tutish qoidalari bo‘yicha 70 daqiqalik ma’ruzadan iborat, deb yozadi kurs bilan tanishib chiqqan “Kommersant” nashri.

Kursni ishlab chiqish o’tgan kuzda yakunlangan. Kaliningrad, Moskva, Perm, Krasnodar va Yakutiyada sinovdan muvaffaqiyatli o’tkazilgani haqida ma’lumot berildi.

Kursning birinchi qismida migrantlarga Rossiyaga kirish va bo‘lish tartibi, patent olish va mehnat shartnomasini tuzish qoidalari haqida batafsil ma’lumot berilgan. “Norasmiy xulq-atvor asoslari” qismida esa migrantlarga “Rossiyada odat bo’lganidek” o’zini tutishi kerakligi aytiladi.

“Rossiyada odat bo’lganidek ” o’zini tutish qismidan ba’zi tavsiyalarni e’tiboringizga muhokama uchun havola etamiz:

🔸Qarindosh yoki yaqin do’stingiz bo’lmagan odamlarga “aka” (брат) yoki “singil” (сестра) deb murojaat qilish kerak emas.

🔸 O’tkan-ketkanni o’z ona tilingizda muhokama qilish, boshqa odamlar oldida ona tilingizda pichirlashish kerak emas.

🔸 Rossiyada ayollar ochiq va yorqin kiyinishlari odatiy hol, bu esa tanbeh berishga asos hisoblanmaydi yoki “ayolning tanishishga tayyorligini” bildirmaydi.

🔸 O’zingizga yoqqan ayol yoki erkakning e’tiborini jalb qilish uchun hushtak chalish kerak emas.

🔸 Rossiyada jamoat joylarida biror dinga e’tiqodni namoyish etish, ko’chada diniy marosimlar o’tkazish, jamoat joylarida namoz o’qish yoqlanmaydi, qolaversa “hayvonlarni qurbonlik qilish” mumkin emas.

Keltirilgan tavsiyalarga fikringiz qanday? Siz Rossiyadagi hayotga moslashish uchun qanday tavsiyalarni bergan bo’lardingiz?

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya