233 05/07/2024

Kreml Ural Federal okrugidagi gubernatorlarga migrantlarga do‘stona munosabatdagi aholi sonini oshirish bo‘yicha topshiriq berdi.

Bunday topshiriqni Rossiya prezidenti ma’muriyatining rahbari o‘rinbosari Magomedsalam Magomedov Yekaterinburgda bo‘lib o‘tgan majlis davomida bergan.

Majlisda Kremldan kelgan amaldor Magomedov Ural Federal okrugidagi eng asosiy muammolardan biri mehnat muhojirlariga bo‘lgan yomon munosabat ekanligini aytib, “afsuski mehnat muhojirlarisiz iqtisodiyotimiz rivojlanishga qodir emas”, deya ta’kidlagan.

Magomedov Rossiyaga ishlashga kelgan muhojirlar til bilishi, qonunchilikka rioya qilishi uchun kerakli barcha choralarni ko‘rish topshirig‘ini ham bergan.“Biz mintaqalar bu muammo bilan faolroq ishlashi kerak, deb hisoblaymiz” deya qo‘shimcha qilgan amaldor.

Yopiq seminar 4-iyul kuni Yekateriburga o‘tkazilgan. Barcha gubernatorlar migrantlarni yoqlaydigan va qo‘llab-quvvatlaydigan aholi sonini oshirish, separatizm va millatchilik bilan kurashish bo‘yicha tavsiyalar olgan.

Kreml bunday majlislarni to‘rt yildan buyon o‘tkazib kelmoqda. O‘tgan yilgi majlisda Magomedsalam Magomedov millatlararo birdamlik va umumiy tarixni soxtalashtirmaslik bo‘yicha topshiriq bergan edi.

Eslatish kerakki, aynan Yekaterinburga 2024-yilning boshida migrantlar reyd davomida g’oz shaklida yurg’izilgan va xo‘rlangan edi.

Qolaversa Ural federal okrugi millatchi harakatlar eng ko‘p rivojlangan mintaqa sanaladi.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya