202 01/08/2024

Iyul oyining oxirida Rossiya OAV va millatchi nashrlarda Samaradagi reyd olqishlangan xabar va videolar tarqatildi. Videoda migrantlarning binodan xuddi asirlardek qo‘llarini bir-birlarining yelkasiga qo‘yib chiqayotgani aks etgan. Video uni ko‘rganlarda o‘ziga yarasha xavotir va dahshat uyg‘otishi aniq.

Ma’lum bo‘lishicha, tekshiruv Samaraning ikki tumani – Leninskiy va Oktyabrskiyda o‘tkazilgan. Politsiya, jamoatchi faollar va OMON ishtirokida «Moskovskaya» mehmonxonasi va bozorda tekshiruvlar amalga oshirildi.

Tekshiruvlardan keyin, Samara viloyati bo‘yicha Rossiya IIVning matbuot xizmati, mehmonxonadagi 9 kishi va bozordagi 30 nafar migrantning hujjatlarida muammo aniqlaganini bayon qilgan.

Ta’kidlash lozimki, reydlar yuzlab migrantlar bo‘ladigan ikki yirik markazda o‘tkazilgan. Reyd uchun jalb qilingan kuchishlatar xodimlar soni ham juda katta. Biroq tekshiruvda yuzlab muhojirlardan faqatgina 39 kishida qonunbuzarliklar aniqlanganini ko‘rsatgan.

39 kishini aniqlash uchun bunchalik keng ko‘lamli reyd va tekshiruv o‘tkazish shartmidi, degan ritorik savol tug‘iladi.

Rus medialarida bunday xabarlarning yoritish usulini aslo professional deb atab bo‘lmaydi. Chunki bunday xabarlarda tadbirning natijalari tekshiruv uchun davlat byudjetidan qilingan xarajatlarni aslo oqlamasligi yoritilmaydi.

Rossiya Federatsiyasida politsiya ordersiz mehmonxonada yashovchilarga qarshi reyd o‘tkazishga haqli emas.

Chunki Rossiya Federatsiyasi Konstitutsiyasining 25-moddasi barchaning uy-joy daxlsizligini kafolatlaydi. Musofir yashayotgan mehmonxona nomeri ham vaqtincha bo‘lsa-da, uning uyi hisoblanadi.

Rossiya Federatsiyasi Jinoyat-prosessual kodeksiga muvofiq, tintuv o‘tkazish uchun sud qarori (order) talab qilinadi. Lekin Saratov mehmonxonasida yashayotgan muhojirlarni sharmandali tarzda olib chiqish uchun politsiya suddan ruxsat olganiga ishonish qiyin.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya