
Irlandiya poytaxti Dublinda ikki kechadan buyon ommaviy tartibsizliklar davom etdi.
Irlandiya matbuotiga ko‘ra, 1000 ga yaqin kishi vaqtincha boshpana izlovchilar joylashgan Citywest mehmonxonasi oldida to‘plangan. Odamlar baqirib, politsiyachilarga petarda va shishalar otmoqda, bir politsiya mashinasi yoqib yuborildi.
Olomonni tarqatish uchun politsiya ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz va suv purkagichlardan foydalangan. RTE ma’lumotlariga ko‘ra, tartibsizliklarda 2000 ga yaqin odam qatnashgan. Gʻalayonlar ketma-ket ikkinchi kechada davom etmoqda; voqea joyi shahar markazidan taxminan 13 kilometr uzoqlikda joylashgan.
To‘polonning boshlanishiga 10 yoshli qizchani zo‘rlaganlikda gumon qilingan afrikalik qochqinning hibsga olingani haqidagi xabar sabab bo‘lgan. Xabar qilinishicha, bola davlat nazoratida bo‘lgan, biroq noma’lum sabablarga ko‘ra qochoqlar lageriga tushib qolgan.
Irlandiya politsiyasi hodisa sabablarini o‘rganmoqda va aholini provokatsiyalarga berilmaslik yoki tasdiqlanmagan mish-mishlarni tarqatmaslikka chaqirmoqda.
Rasmiylar vaziyat nazorat ostida ekanligini, tartibsizliklar va politsiyaga nisbatan zo‘ravonlik uchun javobgar bo‘lganlarning barchasi javobgarlikka tortilishini ma’lum qildi.