Maqola

169 11/09/2024

Krasnoyarsk o‘lkasida 16 dan 19 yoshgacha bo‘lgan sakkiz nafar mahalliy yoshlar millatchilik kayfiyatidagi guruh tuzganlikda ayblanmoqda. Ular rus bo‘lmaganlarni, ya’ni migrantlarni kaltaklash, zo’rlash va tahqirlashdan iborat bo’lgan jinoyatlarni amalga oshirgan edi.

Tergov qo‘mitasi 282.1-moddaning 1 va 2-qismi (ekstremistik jamoani tashkil etish va unda ishtirok etish) bo‘yicha jinoyat ishi ochgani ma’lum qilinmoqda. Millatchilikda ayblangan Krasnoyarsk va Jeleznogorskda yashovchi yoshlar ayni vaqtda qo‘lga olingan.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, millatchi jinoyatchilarning to‘rt nafari Jeleznogorskdagi bir migrantga hujum qilgan, shuningdek, ular uy devorlariga o‘ng radikal mazmunidagi yozuv va tasvirlarni chizishgan. Tintuv vaqtida millatchilarning uyidan svastika tasvirlari tushirilgan turli buyumlar, pnevmatik miltiq va to‘pponcha, machete, pichoqlar, kastetlar va beysbol tayog‘i topilgan. Bu qurollardan migrantlarga hujum qilishda foydalanish rejalashtirishgan.

Rossiya kuch ishlatar tuzilmalarning e’tibori jamiyatning haqiqiy dushmanlari – millatchilarga qaratilayotgani quvonarli holat.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya