Maqola

128 16/09/2024

Krasnoyarsk bozorlarida o‘tkazilgan reydlar natijasida 520 muhojir qo‘lga olingan. Reyd davomida politsiya bo‘limiga yetkazilgan har bir muhojirdan so‘lak namunalari olingani haqida Meduza nashri xabar bermoqda.

Reyd noqonuniy migratsiya bo‘yicha ochilgan jinoyat ishi bo‘yicha tergov doirasida tashkil qilindi, deb xabar bergan Krasnoyarsk o‘lkasi bo‘yicha Tergov qo‘mitasi.

Qo‘lga olinganlarning 417 nafari O‘zbekiston, Ozarbayjon, Tojikiston va Qirg‘iziston fuqarolari bo‘lgan. Ularning har biridan «jinoyat sodir etishda qatnashganini tekshirish» uchun og‘iz bo‘shlig‘idan so‘lak tahlillari olingan. Reyd natijasida kamida yetti kishi Rossiyadan chiqarib yuboriladi. Yana 92 kishiga Rossiya fuqaroligini olganidan so‘ng o‘z vaqtida harbiy ro‘yxatdan o‘tmagani uchun harbiy komissariatga chaqiruv qog‘ozlari berilgan.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya