Maqola

879 17/02/2025

Migrantlar politsiya bo’limi oldida uxlashga majbur bo’lganliklarini aytib berishdi. Ertalabdan Vtorchermetdagi bino oldida odamlar to’planishgan. Ba’zi migrantlar haftalab navbatini kutolmayapti. Muhojirlar yashash ruxsatnomasini (ВНЖ) tasdiqlash uchun kelishgan. Ko’pchilikda muddat tugab bormoqda, bu esa deportatsiyaga olib kelishi mumkin. «E1» nashrining politsiya bo’limidan reportajining qisqacha mazmunini keltiramiz.

Migratsiya markazining ish boshlaganiga bir soat o’tdi. Bu yerda hali ham odam ko’p, lekin markaz ochilishidan oldingidek emas. Migrantlarning aytishicha, ko’pchilikni qabul qilmay, qaytarib yuborishmoqda.

Chet el fuqarolarining vaqtinchalik yashash masalalari hal qilinadigan oltinchi xona atrofida taxminan o’ttiz kishi to’plangan. Eshik tepasida elektron navbat ekrani yonib turibdi, lekin navbatni texnika emas, balki shapka kiygan erkak boshqarmoqda. U markazning ikki haftalik tajribaga ega tashrif buyuruvchisi. Qo’lida birinchi kelganlarning familiyalari ro’yxati bor.
— Sen bu yerning kattasimisan? — deb so’rashmoqda undan.
— Yo’q, men shunchaki ikki haftadan buyon kelib, navbatga ulgurolmayotgan odamman, — deb javob beradi erkak.

To’planganlar asabiylashib soatga qarashadi: soat 14:00 da Migratsiya markazi eshigi yopiladi va muhojirlar boshqa kuni omadlarini sinab ko’rishlari to‘g‘ri keladi.
— Bir kishi markazdan umuman ketmadi, mashinada uxladi, — deydi kutayotganlardan biri.
— Hozir qaysi raqam? — so’raydi hozirgina kelgan novcha erkak.
— Hozir o’n ikkinchi, sen 42-navbatdsan. Kech kelding, uzoq uxlashni yaxshi ko’rasan, — deyishadi omma ichidan.
— Zo’rg’a ulgurasiz, o’tgan safar atigi 24 kishi o’tdi. Agar bir oy vaqting bo’lsa, hujjatlarni pochta orqali yuborishing mumkin!

Erkak to’lanishi kerak bo’lgan jarima haqida nimadir so‘rashni boshlaganida hujjat topshirishga vaqti qolmagani ma’lum bo’ladi.
Yana muhojir omma tez tarqalganini, lekin baribir asosiy navbat sekin harakatlanayotganini aytadi.
—Odamlar yetishmayotgani uchun hammasi cho’zilib ketayapti. Men boshqa masala bo’yicha kelganman, qabul faqat soat 14:00da. Lekin ehtiyot shart oldinroq keldim, — deydi markaz tashrif buyuruvchisi.

Migratsiya markazidagi uzoq navbatlar va murakkab vaziyat bo’yicha Yekaterinburg IIVB izoh berdi.
— Hozirgi vaqtda shahar IIB migratsiya masalalari bo’yicha bo’limi rahbariyati navbatni kamaytirish va fuqarolarga hujjatlar berish muddatlarini tezlashtirish bo’yicha choralar majmuasini ko’rmoqda. Ushbu vaziyat Yekaterinburg bo’yicha Rossiya IIV Boshqarmasi rahbariyati nazoratida, — deyiladi matbuot guruhi xabarida.

«Putin uchun o‘lish»: Markaziy Osiyoliklarning Rossiya armiyasidagi fojiasi

Navigatsiya