Maqola

1 043 04/08/2025

Xanti-Mansi avtonom okrugi (Yugra) so‘nggi bir yarim yil ichida mehnat muhojirlaridan 3 milliard rubldan ortiq mablag‘ ishlagan. Bu chet elliklar patent uchun to’lagan pullaridir.

Mintaqa hukumatining ma’lumotlariga ko’ra, 2024-yilda byudjetga 2 milliard rubldan ortiq mablag’ tushgan bo‘lsa, 2025-yilning birinchi olti oyida deyarli yana 1,2 milliard rubl foyda bo‘lgan.

2025-yil yanvar oyidan boshlab Yugrada ish patentining narxi oyiga 11 097 rublni tashkil qiladi. Miqdor har yili o’zgarishi mumkin – bu federal hukumat tomonidan tasdiqlangan koeffitsientlarga bog’liq va har bir mintaqadagi mehnat bozorining xususiyatlarini hisobga oladi.

2026-yil uchun koeffitsientlar hali tasdiqlanmagan, ammo okrug moliya bo’limining tushuntirishicha, hisob-kitoblar hozirdan olib borilmoqda.

«Putin uchun o‘lish»: Markaziy Osiyoliklarning Rossiya armiyasidagi fojiasi

Navigatsiya