Maqola

168 28/05/2024

Novosibirskning Oktyabr tumani aholisi muhojirlarning 40 Let Oktyabrya ko‘chasidagi yotoqxonaga joylashtirilganidan noroziligini bildirdi.

Binoni xorijlik mutaxassislar uchun yotoqxonaga aylantirgan bino egasi muhojirlarni ko‘chirishni talab qilayotgan mahalliy aholining salbiy munosabatiga duch keldi.

Qurilishda ishlash uchun kelgan muhojirlarning aksariyati Tojikiston va O‘zbekistondan ekan.
Bo‘sh turgan yotoqxonaga shu mintaqa uchun foydali inshoot qurish uchun kelgan migrantlar qayerda yashashi kerak? Nahotki ular shunchalik, yovvoyi va xavfli bo‘lsa?!

Mahalliy aholiga uch-to‘rt migrantning shu atrofdagi do‘konga borgani yoqmagan emish.

Endi keksalar va bolalar ko‘chaga chiqishga qo‘rqishayotgan ekan…

Yotoqxona egasi hamma narsa qonuniy ekanligini aytib, hudud baland devor bilan o‘rab olinishiga va’da bergan.

Hudud aholisi muhojirlarni shahar tashqarisiga, tashlandiq pioner lagerlariga ko‘chirishni talab qilmoqda. Ular mahalliy hokimiyat yordamiga shubha bilan qarab, Tergov qo‘mitasi rahbari Aleksandr Bastrikin va prezidentga videomurojaat tayyorlamoqda.

Shuni yodda tutish lozimki, migrantlar ham qulay joyda yashashi kerak, o‘z ehtiyojlari uchun do‘kon-bozorlarga ehtiyoji bo‘ladi. Ular ishlagani kelib, shahar ravnaqiga hissa qo‘shmoqda. Ulardan qo‘rqishning hojati yo‘q, chunki ularning aksariyati tinch yashash va hayotlarini yaxshilashga intiladi.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya