261 10/06/2024

O‘tgan hafta rossiyalik siyosiy va boshqa shaxslarning migratsiya mavzusidagi fikrlariga boy bo‘ldi.

Rossiya Federatsiyasi kengashi raisi Valentina Matviyenko jurnalistlarning savoliga javob berayotib, Rossiya hech qachon muhojirlar uchun yopiq davlat bo‘lmasligini ta’kidladi.

“Rossiya hech qachon xorijdan kelgan ishchi kuchiga yopiq davlat bo‘lmaydi, biz bu yo‘ldan bormaymiz. Bu boshi berk yo‘l. Migratsiya siyosati aniq, puxta va davlat nazoratida bo‘lishi kerak. Hozir shunday siyosat bor. Lekin hayot bir joyda turmaydi, to‘g‘irlash kerak bo‘lgan nyuanslar paydo bo‘lmoqda. Bu bilan ishlayotgan ishchi guruh bor, biz ham bu jarayonda ishtirok etayapmiz”, deydi Valentina Matviyenko.

Moskva hokimi Sergey Sobyanin “Rossiya 24” kanaliga intervyu berayotib, 95% muhojirlar mehnatkash, qonunchilikka rioya qiladigan odamlar, qolgan 5%ni esa “chiqarib yuborish kerak”ligini aytdi.

“Ishlash uchun  kelayotgan muhojirlarning boshida bir paradigma, shunchaki talonchilik, o‘ldirish va zo‘rlash uchun kelayotgan muhojirlar esa umuman boshqa toifadagi odamlar. Aralashatirish kerak emas. 95% muhojirlar mehnatkash, qonunchilikka rioya qiladigan odamlar, qolgan 5%ni esa ajratib tashlash kerak”, degan Sobyanin.

Mitropolit Mark radioda chiqish qilayotib, muhojirlarga qanday munosabatda bo‘lish kerakligiga javob berdi.

“Ularga bu yerda rossiyaliklarga xorijda ijozat berilmaydigan juda ko‘p narsalar mumkin qilib qo‘yilgan. Bu normal emas. Bu noto‘g‘ri. Muhojirlarni joyiga qo‘yib qo‘yadigan qandaydir qonuniy baza bo‘lishi kerak”, deydi mitropolit Mark.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin migratsiya siyosatini o‘rganishga qaytish lozimligini aytdi, uning fikricha bu muammoni yo‘q deb bo‘lmaydi.

“Hozircha bizda har tomonlama o‘ylangan migratsiya siyosati tuzilmagan. Bizga nafaqat oddiy mehnat muhojirlari, balki ma’lum malakaga ega, tilni biladigan, an’analarimizni biladigan odamlar kerak”, deydi Putin.

Fikrlar ko‘pligi migratsiya mavzusi Rossiya kundaligida o‘tkir bo‘lib qolayotganini anglatadi. Keltirilgan fikrlarning qaysi biriga qo‘shilasiz?

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya