Maqola

169 08/10/2024

Rossiya Ichki ishlar vazirligi migratsiya qaydidan o’tish tartibiga ko’ra, muhojirlar qonuniy ravishda ish joyi manzili bo‘yicha migratsiya qaydini rasmiylashtirishlari mumkinligini eslatadi. Ish joyi bo’yicha registratsiya qilishga ruxsat mavjudligi haqida “Парламентская газета” axborot bergan.

Ma’lum qilinishicha, ish joyida migratsiya qaydidan o’tish uchun ish beruvchi migrant bilan mehnat yoki xizmat shartnomasini tuzishi kerak. Shundan keyin ish beruvchi migrantga yashash uchun tashkilot hududida joy taqdim etadi va ishxona manzili bo’yicha migratsiya qaydini rasmiylashtirib beradi. Ish beruvchi migrant bilan shartnoma tuzib, unga registratsiya qilib bergani haqida uch kun ichida hududiy IIV bo‘limiga bildirishnoma yuborishi kerak.

“ТАСС” nashrining yozishicha, oxirgi vaqtda Rossiya IIV hududiy organlari migrantlar qurilish maydonchalari va omborxonalarda yashab, migratsiya qaydiga turmaslik holatlarini qayd etmoqda.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya