Maqola

1 664 24/10/2025

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin mamlakat kelajagi migrantlar oqimiga emas, balki tubjoy aholining saqlanib qolishi va o’sishiga bog’liqligini ta’kidladi. U bu bayonotni Davlat demografik va oilaviy siyosatini amalga oshirish kengashining birinchi yig’ilishida aytdi.

Davlat rahbarining so’zlariga ko’ra, ko’plab mamlakatlar demografik pasayish va ishchi kuchi yetishmovchiligiga duch kelmoqda, ammo bu muammoni ommaviy migratsiya orqali hal qilmoqda. Putin Rossiya bu yo’ldan borish niyatida emasligini ta’kidladi:
«Davlat migrantlar aholining o‘rnini egallayotgan ba’zi mamlakatlarning yo’lidan bormasdan, rossiyaliklar oilalarini qo’llab-quvvatlashi kerak», dedi u.

Prezident yangi Kengashning asosiy maqsadi an’anaviy oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash va rossiyaliklar orasida nikoh va ko’p bolali oilalarga bo’lgan intilishni rivojlantirish bo’lishini ta’kidladi. Uning so’zlariga ko’ra, keyingi besh yil ichida mamlakatning 41 mintaqasida oilalarni qo’llab-quvvatlash dasturlariga taxminan 75 milliard rubl ajratiladi.

Putin tobora ko’proq yoshlar oila qurishni «keyinroqqa» qoldirayotgani va oxir-oqibat vaqtni behuda sarflayotganidan xavotir bildirdi. U davlat yordam berishga tayyor ekanligini, ammo odamlar ota-onalik burch emas, balki quvonch ekanligini tushunishlari kerakligini ta’kidladi.

Prezident shuningdek, barcha oilalarni qo’llab-quvvatlash choralarining samaradorligini doimiy ravishda baholash va zarurat tug’ilganda sozlashni buyurdi.

Biroq, mutaxassislar bunday va’dalarni bajarish oson bo’lmasligini ta’kidlamoqda. Qo’llab-quvvatlash choralariga qaramay, Rossiyada tug’ilish darajasi pasayishda davom etmoqda va mamlakat iqtisodiyoti migrantlar mehnatiga, ayniqsa qurilish, transport va xizmat ko’rsatish sohasidagi ishchilarga juda bog’liqligicha qolmoqda.

Putinning «ichki demografik o’sish»ga chaqiriqlari ishonchli eshitiladi, ammo amalda migrantlar mehnatini ichki resurslar bilan almashtirish hozircha muvaffaqiyatsizligicha qolmoqda. Shuning uchun, Rossiya haqiqatan ham migrantlardan voz kechib, bir vaqtning o’zida tug’ilish darajasini oshira oladimi, degan savol tug’iladi.

 

«Putin uchun o‘lish»: Markaziy Osiyoliklarning Rossiya armiyasidagi fojiasi

Navigatsiya