Bunday issiq havoda odamlar gavjum, havo yaxshi aylanmaydigan joylarda ko’p qolmaslik juda muhim.
“Saxarovo”da navbatlar uzun, u yerda odam ko’p bo‘lishini bilmaydigan muhojir bo’lmasa kerak.
Uzoq navbatda turmaslik va hujjatlarni tez topshirish uchun oldindan qabulga yozilib borish kerak. Oldindan yozilib bormaganlar kamida 3-4 soat qolib ketadi. Oldindan qabulga yozilganlar esa bir soatga qolmay barcha ishlarini bitirib chiqa oladi.
“Saxarovo”ga oldindan yozilish uchun Migratsiya markazining rasmiy ilovasidan yoki “Saxarovo”ning veb-saytidagi oldindan qabulga yozilish xizmatidan foydalanish kerak.
Rasmiy ilovani yuklash uchun havola.
Rasmiy saytda qabulga yozilish uchun havola.