
Mixail Nits, Mişa Mavaşi taxallusi bilan tanilgan musiqaçi, faoliyatining keyingi yillarida migrantlarga qarşi çiqişlari va millatçilikka asoslangan «Severnыy çelovek» harakati bilan tanildi.
2026-yil 25-oktyabrda 41 yoşli Mixail Nits — Mişa Mavaşi nomi bilan tanilgan musiqaçi va jamoat arbobi vafot etgani haqida xabarlar tarqaldi. U «Severnыy çelovek» harakati asosçisi ham edi. Rossiya Tergov qömitasining Voronej viloyati böyiça boşqarmasi uning ölimi yuzasidan tekşiruv boşlagani xabar qilindi. Ölim sabablari böyiça yakuniy xulosa esa tekşiruv natijalariga boğliq. Xabarlarga köra, u bir neça kun avval uylangan. Ölimiga öqotar qurol sabab bölgani aytilmoqda. Baʼzi manbalar Mavaşi öz joniga suiqasd qilganini yozsa, ayrimlar bu ehtiyotsizlik tufayli bölganini iddao qiladi.
Qozoğistonda tuğilib, keyin Rossiyaga köçib ötgan Mavaşi dastlab sport, intizom va soğlom turmuş tarzi haqidagi qöşiqlari orqali maşhurlikka erişgan. U yoşlarni zararli odatlardan voz keçişga, sport bilan şuğullanişga va öz ustida işlaşga çaqirgan.
Biroq keyinçalik uning jamoatçilik oldidagi qiyofasi özgardi. Musiqiy faoliyati siyosiy bayonotlar, Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşini qöllab-quvvatlaş va millatçilikka asoslangan ğoyalar bilan örin almaşdi.
2022-yilda Mavaşi «Severnыy çelovek» harakatini taşkil etdi. Harakat slavyan xalqlarining madaniyati va anʼanalarini saqlaş, fuqarolarni umumiy etnik mansublik asosida birlaştiriş kabi maqsadlarni ilgari surdi.
Bunday yondaşuv Rossiyada mehnat qilayotgan Markaziy Osiyo davlatlari fuqarolarining jamiyatdagi örni haqida savollar tuğdiradi. Çunki millatçilikni asosiy mezon sifatida ilgari suriş boşqa xalq vakillarining jamiyatda özini begona his qilişiga olib kelişi mumkin.
Mavaşi Rossiyadagi migratsiya tizimini tanqid qilgan va mamlakatda xorijiy işçilarning köpayişiga qarşi fikrlar bildirgan. U Rossiyaning migratsiya siyosati haqida yanada keskin fikrlar bildirib, migratsiya tizimini muvaffaqiyatsiz va nazorat qilib bölmaydigan tizim deb atagan. Rossiya fuqarolari va migrantlar oilalaridagi tuğiliş körsatkiçlarini özaro taqqoslar ekan u: «Rossiyaning migratsiya tizimi muvaffaqiyatsiz, nazorat qilib bölmaydigan, berk köçaga kirib qolgan tizim. Televizorda bizga göyo demografik ösiş kuzatilayotgani haqida gapirişadi. Axir televizor bizga yana nimalarni körsatmaydi, töğrimi? Hozir Rossiyada bir oilaga örtaça 1,4 nafar bola töğri keladi, migrantlarda esa bu körsatkiç örtaça 5,3 nafar. Biz bola tuğmayapmiz. 100 yildan keyin rus millati vakili qirilib ketgan böladi», degan edi.
U rahbarlik qilgan harakat sport maşğulotlari va “vatanparvarlik” tadbirlari bilan bir qatorda migrantlarga qarşi reydlari bilan ham tilga olingan.
Mavaşi, şuningdek, Moskvada masjid qurilişiga qarşi kuraşganini aytgan va migrantlar hatto qamoqxonalarda ham imtiyozlarga ega ekanini daʼvo qilgan. U Mariupolga xorijlik işçilar olib kelinayotganini ham tanqid qilgan. «Mariupolga allaqaçon tonnalab migrant olib kelindi», — degandi u.
Mavaşi Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşini ham qöllab-quvvatlagan. U harbiylarga yordam töplaş bilan şuğullangani va janglar hududiga borgani haqida xabarlar tarqalgan.
Mixail Mavaşining vafoti haqidagi xabar tarqalişi bilan internetda ayrim kavkazlik va boşqa millat vakillari bölgan blogerlarning uning ölimiga xursandçilik bildirgan videolari paydo böldi. Biroq insonning qaraşlari qançalik bahsli, hatto millatçilik ruhida bölmasin, uning vafotini quvonç bilan kutib olişni oqlab bölmaydi. Zero, birovning ölimi ustidan xursand böliş insonparvarlik va odob-axloq mezonlariga töğri kelmaydi.
Mavaşining migrantlarga nisbatan munosabati va jamoatçilik faoliyatini tanqid qiliş mumkin, albatta. Ammo tanqid bilan ölimni bayram qiliş örtasida katta farq bor. Bu voqea barçamiz uçun ibrat bölişi kerak: insonning hayotligidagi qaraşlari va qilmişlariga baho beriş boşqa, vafot etgan kişiga nisbatan insoniy hurmatni saqlaş esa boşqa masaladir. Millati, eʼtiqodi yoki qaraşlaridan qatʼi nazar, marhumning ölimiga munosabat bildirişda ham meʼyor va insofni unutmaslik lozim.
Yoqub Umar