Maqola

214 10/09/2024

“Mash” telegram kanali yozishicha, O‘zbekiston fuqarosi 10-sentyabr kuni Moskvada bo‘lib o‘tgan ommaviy hujumlarga oid ma’lumotlarni Ukrain qurolli kuchlariga yetkazganlikda ayblanmoqda. U bir necha kun avval Lyubersidagi harbiy komissariat va boshqa davlat obyektlarini rasmga olgani aniqlangan, deyiladi xabarda.

Hozirgi vaqtda bu ma’lumotni tasdiqlash yoki rad etish imkoni mavjud emas. O‘zbekistonning Moskvadagi konsulligi yoki O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi hozircha bu masalaga hech qanday sharh bergani yo‘q.

Rossiya matbuot nashrlariga ko‘ra, qo‘lga olingan o‘zbekistonlik josus Muhammadamin G. ismli shaxs bo‘lib, u yaqinda Rossiyaga kelgan.

Muhammadaminning telefonida Moskva shahridagi Kuzminki, Lyubersi (bugun u yerga dronlardan biri hujum qildi), Zamoskvoreskiy va Ostankinskiy tumanlaridagi harbiy komissariatlar, shuningdek, Meshanskiy tumanining muhim strategik obyektlarining suratlari va videolari topilgani ma’lum qilindi.

Shuningdek, rus nashrlari tergov jarayoni bilan bog‘liq ma’lumotlarni taqdim qilmoqda. Ularga ko‘ra, Muhammadamin tergov vaqtida bu suratlarni internet orqali Abu Sumaya nomli soxta akkauntidan Radjab M. ismli kimsaga yuborganini aytgan. Muhammadamin Radjab M. ismli kishi bilan internetda tanishganini, suratlar va videolar uchun unga pul taklif qilinganini ma’lum qilgan.

❗️ Eslatib o‘tamiz, 10-sentyabr kuni Rossiyaning markaziy okrugidagi shaharlar takroran ommaviy dron hujumlariga uchradi.

Muhammadaminga nisbatan “Terroristik tashkilot faoliyatini tashkil etish” va “Terroristik faoliyatga ko‘maklashish” moddalari bo‘yicha jinoiy ish ochilgan.

O‘zbekiston rasmiylari bu holat yuzasidan ma’lumot berishlari va vaziyatga oydinlik kiritishlarini kutib qolamiz.

Josuslikda O‘zbekiston fuqarosining ayblanishi o‘zbekistonlik muhojirlarga nisbatan salbiy munosabatni kuchaytirishi mumkin. Shuningdek, hamyurtimizning ayblanishi, aeroportlardan kiritilmayotgan o‘zbekistonliklar sonining ortishiga olib kelishi aniq.

❗️ Ushbu voqeani inobatga olib, muhojirlarga Rossiyada davlat obyektlarini suratga olmasliklarini qat’iy tavsiya qilamiz.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya