Maqola

702 26/09/2025

Rossiya Tergov qoʻmitasi Moskvada noqonuniy migratsiyani tashkil qilishda gumon qilingan jinoiy guruh aʼzolari qoʻlga olingani haqida xabar berdi.

Voqea 2021-yilning yozida boshlangan. Keyin esa IIV Bosh boshqarmasining vaqtinchalik propiska va propiskani rasmiylashtirish bo‘limi katta inspektori bir qancha tanishlari bilan qo‘shimcha pul ishlab topishga qaror qilgan. Tergov qo‘mitasi ularning ismlarini oshkor qilmayapti.

Tergov maʼlumotlariga koʻra, ular oʻz mansab mavqelaridan foydalanib, Rossiyada yashash uchun ruxsatnoma olmoqchi boʻlgan, lekin bunga qonuniy asosga ega boʻlmagan qoʻshni davlatlar fuqarolarini topishgan.

Bu xorijliklardan ular “rus tilida so‘zlashuvchilar” deb tan olish uchun go‘yoki ularning qarindoshlari Ryazan va boshqa viloyatlarda tug‘ilgani va yashaganligi to‘g‘risida soxta hujjatlar olgan.

Shundan so’ng, migratsiya “uchyoti”ga olish tizimiga noto’g’ri ma’lumotlar kiritilgan. Ushbu ma’lumotlarga asoslanib, xorijliklarga noqonuniy ravishda yashash uchun ruxsatnoma (ВНЖ), keyinroq esa Rossiya fuqaroligi berilgan. Tabiiyki, bularning barchasi pul uchun qilingan.

Ayni paytda sudlanuvchilarning manzillarida tintuvlar o‘tkazilib, davlat idoralaridan hujjatlar olib qo‘yilgan. Ularning jinoiy tuzilmaga aloqadorligini tasdiqlovchi materiallar olindi. Barcha tashkilotchilar va ishtirokchilar hibsga olingan.

Shu tarzda Rossiya fuqaroligini olgan xorijliklar endi undan mahrum bo’lishadi – ularning ma’lumotlari huquqni muhofaza qilish organlariga ma’lum.

 

«Putin uchun o‘lish»: Markaziy Osiyoliklarning Rossiya armiyasidagi fojiasi

Navigatsiya