Maqola

497 20/11/2025

Yaqin yillarda Moskvadan Adlergacha yangi temir yo‘li quriladi. Rossiya temir yo’llari ma’lumotlariga ko’ra, yangi yuqori tezlikdagi «Yug» (Janub) temir yo’li ikki shahar orasidagi yurish vaqtini hozirgi 23 soatdan 7 soat 50 daqiqagacha qisqartiradi.

Ushbu loyiha Rossiyaning eng yirik transport rejalaridan biri hisoblanadi. Masofa 1500 kilometrdan oshadi. Poyezdlar soatiga 400 km tezlikda harakatlanadi va Voronej, Rostov-na-Donu, Krasnodar, Stavropol, Tuapse, Sochi va boshqa shaharlarda to’xtaydi.

Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin ilgari mamlakatning yuqori tezlikdagi temir yo’l tarmog’ining umumiy uzunligi 4500 kilometrdan oshishi kerakligini aytgan edi. Bunday yuqori tezlikdagi temir yo’llar Moskva-Sankt-Peterburg, Moskva-Minsk, Moskva-Yekaterinburg, Moskva-Adler va Moskva-Ryazan yo’nalishlarida rejalashtirilgan. Hozirda Rossiyada bunday yo’llar yo’q. Birinchi loyiha Moskva va Sankt-Peterburg o’rtasidagi yuqori tezlikdagi temir yo’l bo’ladi. To’liq ishga tushirish 2028-yilda rejalashtirilgan. Yangi liniyada sayohat vaqti atigi 2 soat 15 daqiqani tashkil qiladi.

«Putin uchun o‘lish»: Markaziy Osiyoliklarning Rossiya armiyasidagi fojiasi

Navigatsiya