O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 9-apreldagi “Qoraqalpog‘iston Respublikasini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi bandligini ta’minlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.
Orolbo‘yiga sayyohlar oqimini yanada ko‘paytirish, ularga qulay sharoitlar yaratish maqsadida 2024-yil aprel oyidan boshlab Nukus – Istanbul yo‘nalishi bo‘yicha biletlar sotilishi boshlanadi va aviaqatnovlar 3-iyundan boshlab har dushanba kuni amalga oshiriladi.
Aviachiptalarni www.uzairways.com saytida, mobil ilovada, Uzbekistan Airways Sales filialida yoki aviakompaniya agentlaridan xarid qilish mumkin.