Maqola

825 02/05/2024

2024-yil 24-aprel kuni kechqurun Tuapse shahrida, “Krasnaya ploshad” savdo-ko‘ngilochar markazi yaqinida yig‘ilgan bir to‘da migrantlar ko‘ngillarini mushtlashuv bilan ochishga qaror qilishdi. To‘qnashuvda mahalliy savdo bazalarida ishlayotgan muhojirlar va, aftidan, maxsus kiyimlariga qaraganda, neftni qayta ishlash zavodi xodimlari ishtirok etgan.

Aksariyati o‘zbekistonliklar bo‘lgan yigitlarning begona yurtda nimani talashishgani bizga qorong‘u. Lekin ularning 15 nafari uchun bu “tomosha” ko‘ngilsiz holat bilan yakun topdi.

Hodisadan ko‘p o‘tmay, mushtlashuvning barcha ishtirokchilari polisiya tomonidan qo‘lga olindi. Natijada 15 nafar xorijiy fuqaroni ma’muriy javobgarlikka tortish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Ular ma’muriy jarimaga tortildi, keyin esa Rossiya Federatsiyasidan “vidvoreniye” qilindi, ya’ni ma’muriy chiqarib yuborildi.

To‘qnashuv natijasida qurbonlar haqida ma’lumot bo‘lmagan, biroq vatandan olisda, pul topish uchun ketgan hamyurtlarimizning arzimagan bahona bilan bir-birlariga qo‘l ko‘tarishlari o‘ta yoqimsiz holat.

«Putin uchun o‘lish»: Markaziy Osiyoliklarning Rossiya armiyasidagi fojiasi

Navigatsiya