
13-sentyabr kuni Vladivostokda bir gala rossiyalik o‘smirlar migrant haydovchiga hujum qilib, uning mashinasini olib qochmoqchi bo‘ldi.
Avvaliga ular o‘tib ketayotgan mashinalarga tosh otishgan. Haydovchilar gaplashish uchun chiqishganda olomon darhol hujumga o‘tdi.
Butun voqea videoga olingan. Yozuvda kulgi, qichqiriqlar, urishga chaqiriqlar, bezorilarning ism-shariflari eshitiladi. Haydovchi bezoridan pichoqni tashlashni aytgan va o‘zini skuter bilan himoya qilgan. Yana bir erkak yashirinmoqchi bo‘lgan do‘konda kaltaklangan.
Rossiyaning Vladivostok shahrida O‘zbekiston fuqarolariga nisbatan sodir etilgan bezorilik harakatlari yuzasidan O‘zbekistonning Vladivostokdagi Bosh konsulxonasi xodimlari jabr ko‘rgan fuqarolar bilan tezkor tarzda bog‘lanib, ularga zarur huquqiy yordam ko‘rsatgan.
Fuqarolar tomonidan Vladivostok shahar Ichki ishlar boshqarmasiga rasmiy ariza topshirilgan, shuningdek, masala yuzasidan Rossiya Tashqi ishlar vazirligining Vladivostokdagi vakolatxonasi hamda Primorsk o‘lkasi prokuraturasiga tegishli choralar ko‘rish zarurligi haqida nota yuborilgan.
Ma’lumotga ko‘ra, sodir bo‘lgan voqea O‘zbekistonning Vladivostokdagi Bosh konsulxonasi va Rossiyaning huquqni muhofaza qiluvchi organlari tomonidan alohida nazoratga olingan.
Rossiya Federatsiyasi Tergov qo‘mitasining Primorsk o‘lkasi bo‘yicha tergov organlari 2025-yil 10-sentabrga o‘tar kechasi Vladivostokda bezorilikda gumon qilingan 15 yoshli o‘smirlar va boshqa sheriklarga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atdi.
Hozirda ayblanuvchilarning shaxsi aniqlangan, ulardan biri qo‘lga olingan, ikki nafari qidiruvga berilgan.
Gumonlanuvchilar ilgari ham huquqni muhofaza qilish organlari e’tiboriga tushgan. Ulardan biri “Nadejda” do‘konida bezorilik bo‘yicha jinoiy ish bo‘yicha sudlangan. Jinoyat ishi sudda ko‘rib chiqilmoqda.