Slovakiyadagi avtomobil zavodiga 1200 nafar o‘zbekistonliklar ishga taklif qilinmoqda. Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining xabar berishicha, ishchilar haftada besh kun ishlab, 900 yevro maosh oladi. Qolaversa tibbiy sugʻurta bilan ta’minlanib, ish hajmiga qarab turli bonuslar ham beriladi.
Nomzodlarga talablar – 18 yoshdan 50 yoshgacha bo‘lish va rus tilini yaxshi bilish. Ro‘yxatdan o‘tgan nomzodlar rus tilidan onlayn test orqali saralab olinadi.
Ish beruvchining talabiga mos keluvchi nomzodlar 4 kundan 7 kungacha amaliy mashgʻulotlarni oʻtaydi. Mashg‘ulot to‘lovlari, ishchi viza hamda Slovakiyaga borish xarajatlari nomzod tomonidan qoplanadi.
Avtomobil zavodida ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonliklar 2024-yil 16-maydan, 20-may soat 18:00 ga qadar ushbu havola orqali roʻyxatdan oʻtishi lozim!