Maqola

98 24/10/2026

Rossiyada patent bilan sotuvçi bölib işlaş uçun çet el fuqarosi Hukumatning 05.12.2025-yildagi 1995-sonli qarori bilan 2026-yil uçun belgilangan çeklovlarni hisobga olişi kerak. Savdoning ba’zi turlarida çet ellik işçilar uluşi 0 foiz darajasida belgilangan bölib, bu esa amalda töliq taqiqni anglatadi. Bu nostatsionar ob’ektlarda va bozorlarda 47.8-kod böyiça çakana savdoga, ixtisoslaşgan dökonlarda 47.25.1-kod böyiça alkogol va pivo sotişga, 47.26-kod böyiça tamaki savdosiga, şuningdek, 47.73-kod böyiça dorixonalarda işlaşga taalluqlidir.

Istisno tariqasida, Moskvada Hukumatning 05.12.2025-yildagi 1995-sonli qarori 1-bandi «j» kiçik bandi va 38-bandi «ye» kiçik bandiga muvofiq, ularning uluşi umumiy xodimlar sonining 15 foizidan oşmagan taqdirda, alkogol sotiş uçun çet elliklarni yollaşga ruxsat beriladi.

Çeklovlar yuqori malakali mutaxassislar va ularning oila a’zolari, şuningdek, 25.07.2002-yildagi 115-FZ sonli Qonunning 2-moddasi va 13.2-moddasi 2-bandi hamda Mehnat vazirligining 24.02.2015-yildagi 108n-sonli buyruği asosida vaqtinça yoki doimiy yaşovçi fuqarolardan taşqari, barça vaqtinça turgan çet elliklarga nisbatan qöllaniladi.

Şuni unutmangki, 25.07.2002-yildagi 115-FZ sonli Federal qonunning 4.2-bandiga muvofiq, faqat patent berilgan hududda va agar hujjatda körsatilgan bölsa, unda yozilgan mutaxassislik böyiça işlaş mumkin. Şuningdek, mintaqaviy hokimiyat organlari 25.07.2002-yildagi 115-FZ sonli Qonunning 18.1-moddasi 6-bandiga asosan qöşimça taqiqlar joriy etiş huquqiga ega, şu sababli işga joylaşişdan oldin öz hududingizdagi kasblar röyxatini albatta aniqlaştiring.

«Putin uchun o‘lish»: Markaziy Osiyoliklarning Rossiya armiyasidagi fojiasi

Navigatsiya