161 22/02/2024

Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin Strategik tashabbuslar agentligining “Yangi zamon uchun kuchli g‘oyalar” forumidagi nutqi chog‘ida Rossiyaga kelayotgan mehnat muhojirlarining rus tilini bilishi va muayyan hududlarning mahalliy, milliy an’analarga rioya qilishlari zarurligini ta’kidlagan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, tashrif buyuruvchilar Rossiyaning turli mintaqalarida farq qilishi mumkin bo’lgan mamlakat qonunlari va madaniy me’yorlarini, shuningdek, mahalliy an’analarni hurmat qilishlari kerak. Putin til o‘rganish katta e’tibor berilishi kerak bo‘lgan muhim vazifa ekanligini ta’kidladi.

Davlat rahbari, shuningdek, ko‘plab muammolarni, jumladan, ishchi kuchi taqchilligi muammosini hal etishning eng maqbul yo‘llaridan biri tug‘ilish darajasini oshirish ekanini aytgan. U davlat tomonidan aholi o‘sishini rag‘batlantirish maqsadida oila, onalik va bolalikni qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar davom etishini ta’kidladi.

Shunday qilib, Rossiya Prezidentining bayonotlarida muhojirlarni rus jamiyati va tiliga moslashtirish muhimligi, hamda demografik muammolarni hal qilish uchun yosh oilalarni qo’llab-quvvatlash zarurligi ta’kidlanadi.

Эрининг ўчини боласидан олаётган аёллар

Навигация