Maqola

134 23/09/2024

Qobulov Abduvohid Voxobjon o‘g‘li 1997-yilning 1-iyulida Andijonning Marhamat tumanida tug‘ilgan. Hamyurtimiz bir necha marta Rossiyaga kelib, ishlab ketgan. Oxirgi marta Rossiyaga ishlashga kelib, qurilish korxonasida mehnat qilayotgani haqida oilasiga xabar bergan.

Yaqinlarining ma’lumotlariga ko‘ra, Abduvohid oxirgi marta Rossiyaga kelganida patent rasmiylashtirmagan. Shuning uchun oylik migratsion qaydi (registratsiyasi) tugashiga yaqin chegaraga borib, kirdi-chiqdi qilishni rejalashtirgan. Oila a’zolari bilan Abduvohid so‘nggi marta 2024-yilning 18-avgust kuni telefonlashgan.

Suhbat vaqtida Qobulov Abduvohid chegaradan qaytayotganini, Rossiyaga kirib kelgach yangidan “registratsiya” qilmoqchiligini aytib, telefoni o‘chishidan ogohlantirgan. Abduvohid 18-avgustda telefonlashganicha, boshqa uyidagilarga qo‘ng‘iroq qilmagan. Telefoni o‘chiq. Tanish-bilishlar ham uning qayerda ekanini bilmaydi. Chegaraga borishdan avval ishlagan qurilish firmasi, yashagan joyi haqida oila a’zolarida aniq ma’lumot yo‘q. Abduvohid bir necha marta Rossiyaga kelib-ketib yurgani uchun oila a’zolari uning o‘z-o‘zidan yo‘qolib qolishi mumkin emasligini aytadi.

Qobulov Abduvohid Vahobjon o‘g‘lini ota-onasi, oila a’zolari xavotir olib, qidirmoqda. Abduvohidni tanigan-bilgan hamyurtlarimizdan uni izlashda va topishda yordam so‘rashmoqda. Yo‘qolgan hamyurtimiz haqida har qanday ma’lumotga ega insonlar +79825533032 yoki +79822239210 raqamlari orqali bog‘lanishlari so‘raladi.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya