447 13/09/2026

Rossiyalik siyosatçi Sergey Mironov migratsiya haqida sönggi beş yilda eng keskin takliflarni ilgari surgan deputatlardan biri.

Vizani joriy qiliş, migrantning oilasini Rossiyaga kiritmaslik, bir odam jinoyat qilsa, butun oilasini yoki hatto «klanini» deportatsiya qiliş, migrantlarga reyting qöyiş, patent tizimini bekor qiliş.

Bularning qaysi biri qonunga aylandi? Qaysi biri hali faqat siyosiy şior? Va Mironov keltirayotgan raqamlar qançalik işonçli?

Siyosatçining sönggi 6-yillikdagi top-7 taklifini tahlil qilamiz.

1-TAŞABBUS: MARKAZIY OSIYO BILAN VIZA

Mironovning migratsiya mavzusidagi eng uzoq yaşab kelayotgan talablaridan biri Markaziy Osiyo davlatlari bilan vizaviy rejim joriy qiliş.

Bu ğoyani u 2021-yil dekabrida oçiq aytgan. Öşa paytda u mehnat migratsiyasini «kriminogen omil» deb atagan, yana koronavirus ştammlari kirib keliş xavfini va arzon mehnat Rossiya iqtisodiyotini sekinlaştirayotganini sabab sifatida keltirgan.

2023-yil mayida ham u Davlat dumasida «barça davlatlar bilan Markaziy Osiyoda vizaviy rejim» joriy qiliş kerakligini aytdi.

2024-yilda esa pozitsiyasi yana rasmiy partiya materialida takrorlandi: uning modelida Rossiyaga kerakli xodimni iş beruvçi taklif qiladi, iş vizasi rasmiylaştiriladi va iş beruvçi uning uçun javob beradi.

Faktçeking: Rossiya Markaziy Osiyoning barça davlatlari bilan Mironov talab qilgan umumiy vizaviy rejimga ötmadi. Demak, taklif mavjud emas; ammo u yillar davomida siyosiy kun tartibida qolmoqda.

2-TAŞABBUS: «BIR KIŞI JINOYAT QILSA, BUTUN OILA DEPORTATSIYA QILINSIN!»

Mironovning eng bahsli takliflardan biri individual javobgarlik çegarasidan çiqib ketuvçi kollektiv deportatsiya ğoyasidir.

2023-yilda Mironov “migrantlar sodir etgan jinoyatlar uçun ularning oilalari ham javob berişi kerak”, dedi.

2025-yil 17-iyunda esa uning partiyasi bu ğoyani qonun loyihasiga aylantirganini ma’lum qildi. Rasmiy bayonotda «oilaviy klanlarni» deportatsiya qiliş taklif etilgan. Mantiq şunday: agar bir oila a’zosi qonun buzsa, qolgan qarindoşlari ham uni nazorat qilişi kerak.

Biroq bu yerda muhim farq bor: jinoyat uçun aybdor şaxsning javobgarligi bir masala; aybsiz qarindoşni boşqa odamning qilmişi uçun jazolaş boşqa masala.

Yakunda bunday umumiy «butun oilani deportatsiya qiliş» qoidasi Rossiya qonuniga aylanmadi. Demak, bu hozirça Mironov va uning fraksiyasi populistik taklifi xolos.

3-TAŞABBUS: «PRIYEXAL — PORABOTAL — POPROŞALSYA»

Mironov migratsiyaning qanday bölişi kerakligini bir jumla bilan ifodalaydi: «keldi — işladi — xayrlaşdi».

Ya’ni migrant Rossiyaga doimiy yaşaş uçun emas, muayyan iş va muayyan muddat uçun kelişi kerak.

2025-yilda Mironov bu modelni yana bir bor tuşuntirdi: migrant iş beruvçining taklifi bilan, aniq iş joyiga va aniq muddatga kelişi, patent tizimi esa bekor qilinişi kerak.

Mironov qonuniy mehnat migratsiyasining öziga butunlay qarşi emasligini aytadi; u uni qattiq nazorat qilinadigan, vaqtinçalik mehnat modeliga aylantirişni taklif qiladi.

Biroi Mironovning töliq «uç qadamli» modeli qabul qilinmadi. Ammo davlatning özi migratsiyani nazorat qiliş, biometriya va mehnat resurslarini taşkillaştiriş böyiça yangi mexanizmlarni joriy qildi. Şuning uçun bu yerda «taklifning ta’siri bor, lekin uning töliq modeli qabul qilinmagan» deb xulos qiliş mumkin.

4-TAŞABBUS: MIGRANTLARNING OILASIGA TAQIQ

2025-yil 9-sentyabrda Mironov boşçiligidagi deputatlar guruhi Davlat dumasiga aniq qonun loyihasini kiritdi.

Unda mehnat migranti bilan birga uning turmuş örtoği va farzandlarining Rossiyaga kirişi va qolişiga umumiy taqiq taklif qilingan. Istisnolar Belarus fuqarolari va yuqori malakali mutaxassislarga taalluqli edi.

Mualliflar bu orqali migratsiya oqimi 15–20 foizga kamayişi va ijtimoiy infratuzilmaga tuşadigan yuk yengillaşişini kutişgan.

Bu endi şunçaki intervyudagi gap emas, balki rasmiy qonun loyihasi edi.

Biroq Davlat dumasiga kiritilgan loyiha qabul qilimadi.

5-TAŞABBUS: «MIGRANTLAR REYTINGI»

2025-yil 20-mayda Mironov yana bir ğayrioddiy ğoyani taklif qildi: har bir migrant uçun reyting joriy qiliş.

Uning aytganiga köra, reytingda qonunlarga rioya qiliş va rus tilini biliş kabi mezonlar hisobga olinişi kerak. U hatto Xitoydagi ijtimoiy reyting tizimini misol qilib keltirdi.

Eng muhim joyi: Mironov past reytingni deportatsiyaga olib boruvçi birinçi qadam sifatida tasvirladi va yana oila yoki «klan» deportatsiyasini tilga oldi.

Rossiyada Mironov taklif qilgan universal «migrantlar ijtimoiy reytingi» tizimi qabul qilinmadi.

Ammo davlat migratsiya nazoratini raqamlaştiriş va biometrik identifikatsiyani kuçaytirdi. 2025 yilgi federal qonun Moskva va Moskva viloyatida çet elliklarni hisobga olişning qöşimça raqamli mexanizmlari böyiça 2025–2029-yillarga eksperiment ötkazişni belgilagan.

6-TAŞABBUS: «90 FOIZ IŞLAMAYDI» VA «28 FOIZ IŞLAYDI»

Mironovning migratsiya haqidagi eng köp muhokama qilingan raqamlaridan biri, 90 foiz.

2024-yil 3-sentyabrda u TASSdagi partiya matbuot anjumanida: «90 foiz… işlaş uçun kelmaydi», degan mazmunda bayonot berdi.

2025-yil aprelida esa u Rosstat tadqiqotiga tayanib, Rossiyaga işlaş uçun keladiganlar uluşi 28 foiz ekanini aytdi. Qolganlarning katta qismi Rossiyaga şaxsiy va oilaviy sabablar bilan kelganini ta’kidladi.

Bu yerda faktçekingning eng muhim nuqtasi bor: 90 va 28 raqamlarini bir-biriga qarama-qarşi qöyişning özi yetarli emas. Çunki ular turli savollarga, turli manba yoki metodologiyaga taalluqli bölişi mumkin.

Lekin Mironov 28 foiz raqamidan «iqtisodiyotga foydasi kam odamlar oqimi» degan siyosiy xulosa çiqaradi.

7-TAŞABBUS: MIGRANTLARNI TAKSI, TIBBIYOT VA TA’LIMDAN ÇIQARIŞ

2026-yil 18-avgustda Mironov migrantlarga ta’lim, soğliqni saqlaş va taksi sohalarida işlaşni taqiqlaşni taklif qildi.

Bu taklif avvalgi pozitsiyasining davomi: migrantlar Rossiyaga faqat Rossiya iqtisodiyotiga aniq zarur bölgan mehnatni bajariş uçun kirişi kerak.

Ammo bu yerda ham muhim fakt bor: Rossiyada ayrim hududlar allaqaçon ayrim sohalarda çet elliklarning mehnatidan foydalanişni çeklagan. Federal darajada esa Mironov talab qilgan töliq taqiq joriy qilinmagan.

2026-yil uçun hukumat ayrim sohalarda çet ellik işçilar uluşi böyiça kvotalarni belgilagan. Masalan, qurilişda 50 foizlik yuqori çegara belgilangan.

Demak, amaldagi davlat siyosati «barça sohalarda migrantlar taqiqlanadi» emas, balki tarmoq va hududlarga qarab kvota va çeklovlar kombinatsiyasidir.

MIRONOVNING «MIYASI AYNIGAN»MI?!

Mironovning aksariyat antimigrant takliflari populizm sifatida baholanadi. Ayrim norasmiy manbalar uning örinsiz iddaolari va aljiraşlari hukumatning ham joniga tegganini yozadi.

Işonçli oçiq manbalarda Mironovda demensiya, kognitiv kasallik yoki aqliy qobiliyat pasayişi haqida tasdiqlangan tibbiy diagnoz topilmadi.

Biroq 29-avgust kuni Sergey Mironov kutilmaganda saylov poygasidan çiqib ketişini e’lon qildi. «Adolatli Rossiya» yetakçisi öz qarorini «yengil jarohat» bilan izohladi.

73 yoşli siyosatçini saylovdan çiqib ketişga majbur qilgan jarohat haqida heç qanday izoh bölmadi.

MIRONOV INSULT BÖLDIMI?

«Adolatli Rossiya» partiyasi raisi Sergey Mironov şifoxonada davolanmoqda. Bu haqda u özining Telegram-kanalida ma’lum qildi.

Partiya rahbari özini yaxşi his qilayotganini va hamon «kapitanlik köprigida» ekanini ta’kidladi. Uning sözlariga köra, saylov kampaniyasidan töliq xabardor va hamfikrlari bilan doimiy aloqada bölib turibdi. Mironov ularga qilgan işlari uçun minnatdorlik bildirdi.

«Soğliğim haqida turli taxminlar qilayotgan, har xil bema’ni gaplarni yozayotganlarga aytaman: kutib ötirmanglar, niyatingiz amalga oşmaydi!» — deya ta’kidladi Mironov. U bu sözlarni «Adolatli Rossiya»ga döstona munosabatda bölmagan va «partiyani kömib qöyayotgan» kuçlarga ham qarata aytdi.

Şuningdek, jarohati sababli Mironov saylovoldi debatlarida ham iştirok eta olmaydi. Uning örniga debatlarda Davlat dumasi vitse-spikeri va partiyaning birinçi örinbosari Aleksandr Babakov qatnaşadi. Babakov partiyadagi eng nufuzli siyosatçilardan biri hisoblanadi.

Şu tariqa, migratsiya masalasi Mironovning populistik faoliyatining asosiy unsuriga aylangan.

 

«Putin uchun o‘lish»: Markaziy Osiyoliklarning Rossiya armiyasidagi fojiasi

Navigatsiya