Maqola

185 28/09/2024

Rossiya Ichki ishlar vazirligi Migratsiya masalalari bo‘yicha bosh boshqarmasi 2024-yil 1-avgustdan boshlab, migratsiya xizmatlaridan foydalanish va ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini nazorat qilib borish uchun aloqa markazini ishga tushirganini e’lon qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, aloqa markaziga telefon qilib, «ФГУП «ПВС» va «ГУ «ММЦ» larda ko’rsatiladigan barcha xizmat turlari, ish vaqti, tartibi,manzil hamda boshqa migratsiyaga oid savollarni berish mumkin. Aloqa markazi butun Rossiya bo‘ylab faoliyat yuritadi.

Ko‘p kanalli telefon raqami:
8 (800) 200-52-09.

Markaz dushanba kunidan payshanba kunigacha Moskva vaqti bilan 09:00 dan 18:00 gacha, juma kuni esa 09:00 dan 16:45 gacha ishlaydi.

Xabar berilishicha, markaz 1-avgustdan buyon 6500 ta qo‘ng‘iroqni qabul qilib, ko‘plab ijobiy fikrlar olgan.

Bundan tashqari, IIVning Migratsiya boshqarmasi «ФГУП «ПВС» va «ГУ «ММЦ»lardan boshqa hech qaysi tashkilot yoki shaxslar migratsiya sohasida ichki ishlar organlariga yordam ko‘rsatish vakolatiga ega emasligini ta’kidlagan.

«Переселение» dasturi masalalari bo‘yicha quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilish mumkinligi eslatilgan: +7 (495) 184-02-25, +7 (495) 917-52-62 (tel./faks), +7 (495) 917-56-06 (tel./faks), yoki elektron pochta: sootech@mvd.ru

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya