Maqola

175 23/09/2024

Rossiyada «ХЕС» deb nomlangan yangi koronavirus varianti tez tarqalmoqda, uning simptomlari «omikron»ning boshqa subvariantlariga o‘xshash.

“XEC” — bu FLiRT nomli omikronning avvalgi ikki subvariantining qorishmasi, deb tushuntirmoqda idora. Yangi virus simptomlari avvalgi koronavirus belgilariga o‘xshash: isitma, tomoq og‘rig‘i va bosh og‘rig‘i, yo‘tal, hid va ishtaha yo‘qolishi, charchoq va burun oqishi kabi belgilari bor.

Rossiyada 9-sentabrdan 15-sentabrgacha bo‘lgan hafta davomida 32 mingdan ortiq koronavirus bilan kasallanish holati qayd etildi. Bu avvalgi haftaga nisbatan 30%ga ko‘p va jiddiy ko‘rsatkichdir.

«Роспотребнадзор» mamlakat bo‘ylab inson immunitetini yenga oladigan COVID-19 turli variantlari soni keskin oshgani haqida avval ham ogohlantirgan edi. Migrant.uz bu haqida batafsil ma’lumot berib, muhojirlarga salomatlikka e’tiborli bo‘lishni tavsiya qilgan. Muhojirlarni gigiyena qoidalariga rioya qilish va salomatlikdagi o‘zgarishlarga e’tiborli bo‘lishga chaqiramiz.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya